Turli mobil aloqa operatorlarining mijozlari “YouTube"ga kirish bilan bog‘liq muammolar haqida xabar berishdi.
“RBC” manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada xizmatning to‘liq to‘xtatilishi ehtimoli bor.
19-dekabr, payshanba kuni rossiyaliklarda “YouTube"da video ijrosi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, “MTC”, “MegaFon,” “T2” va “Bilayn” operatorlari mijozlari qiyinchiliklarga duch kelishgan. Video yuklangmagan yoki sekin yuklanish holati qayd etilgan.
Media bozor ishtirokchilaridan birining aytishicha, avval blokirovka 30%ni tashkil etgan va faqat statsionar qurilmalarga taalluqli bo‘lgan, ammo dekabr oyi o‘rtalaridan boshlab choralarni kuchaytirish va kirishni to‘liq, shu jumladan mobil versiyalarni blokirovka qilish rejalashtirilgan.
IT-sanoat vakili mobil qurilmalarda “YouTube” ishlashining sezilarli darajada sekinlashgani, ammo hali to‘liq to‘xtamaganligi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.
U bloklashlar bilan bog‘liq muammolar, foydalanuvchilar navbati va ko‘plab shikoyatlar kuzatilayotganini qayd etdi.
“YouTube"ning Rossiyadagi ishidagi nosozliklar uning egasi, “Google” kompaniyasi tomonidan, shu jumladan G‘arb cheklovlari fonida yuzaga kelgan muammolar bilan bog‘liq, dedi prezident Vladimir Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “YouTube” va “Google” ham siyosiy maqsadlariga erishish uchun tarmoqni suiiste’mol qilish emas, balki Rossiya qonunlariga rioya qilishi kerak.
“YouTube” va Rossiya
“Google” “YouTube"ning Rossiyadagi faoliyatidagi nosozliklar kompaniyaning texnik muammolari bilan bog‘liq emasligini ma’lum qildi.
1-avgust kuni yarim tundan boshlab Rossiyada foydalanuvchilar xizmatdagi uzilishlar haqida shikoyat qila boshladilar, deya yozmoqda “Kommersant”.
"YouTube"ga ulanishning kanal tezligi 322 Kbit/s, oldindan yuklangan video qismining uzunligi nolga teng edi. O‘tgan haftada kanal tezligi pasayib ketdi. Shunday qilib, 25-iyulda 8,5 Mbit/s, 30-iyulda esa 918 Kbit/s.
Kun davomida 14 mingdan ortiq foydalanuvchi ushbu xizmat yuzasidan shikoyat qilgan. Shu bilan birga, Rossiyada “YouTube” qamrovi o‘sishda davom etmoqda va trafik ham oshib bormoqda.
Mamlakatda “YouTube” desktop versiyasining sekinlashishi reklama beruvchilarning videoxostingda joylashtirish xarajatlarini kamaytirishga olib kelmaydi. Umuman olganda, ta’sir qiluvchi marketing bozori ham pasaymaydi, deydi ekspertlar.
12-iyul kuni “Rostelekom” Rossiyada “YouTube"ning ishlashi yomonlashishi mumkinligini e’lon qildi.
Sababi, “Google” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan va “YouTube"ni boshqarishda foydalanilgan uskunaning ishlashida kuzatilgan texnik nosozliklardir.
26-iyul kuni Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn Rossiyada “YouTube” tezligi kelasi hafta oxirigacha 70%ga tushishi haqida ma’lum qildi.
Ushbu chora faqat ish stoli versiyalari uchun ta’sir qilib, mobil qurilmalarda platforma odatdagiday ishlashda davom etishi xabar berildi.