Yil yakuni: 2024-yilda tadbirkorlar qanday muammolarga duch keldi?
“Spot” yil davomida tadbirkorlar faoliyatida qanday muammo va qiyinchiliklar kuzatilgani hamda ular tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar haqida so‘z yuritadi.
Yuqori talabga ega modellar tanlab olinadi — “Geely” O‘zbekiston bozoriga kirish jarayoni haqida
“Geely Uzbekistan” direktori mamlakat bozoriga kirishda uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar qatorida raqobat, mahalliy ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda ehtiyot qismlar ta’minoti kabilarni qayd etdi.
“Aholi daromadi shunga yarasha bo‘lishi kerak” — Qo‘chqorov energiya resurslari tariflari oshirilishi haqida
Bosh vazir o‘rinbosari energetika sohasini subsidiyalashga budjetdan mablag‘ ajratilishini haligacha tariflar xarajatlarni to‘liq qoplash darajasiga chiqmagani bilan izohladi. Subsidiyalash 2028-yildan to‘xtatila boshlanadi.
O‘zbekistonda elektromobillarni zaryadlash stansiyalari majburiy ravishda o‘chirilmoqda
Energetika vazirligi matbuot kotibining “Spot"ga ma’lum qilishicha, vazirlik tomonidan elektromobillarni zaryadlash stansiyalari faoliyatiga cheklovlar kiritilmagan.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi.
Bu ayrim bakalavr va magistratura talabalari uchun amal qilib, shartnoma miqdorining 50%ini to‘lashning so‘nggi muddati — 31-dekabr. - “JSTga a’zo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga o‘tmoqda” — prezident
Davlat rahbari bu jarayonda imtiyozlar bekor qilinishi bilan birga, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun sharoit yaratilishini qayd etdi. - O‘zbekiston noyabr oyida Xitoyga gaz eksportini 45,5%ga oshirdi.
Shu bilan birga, Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi 2,8 baravarga oshib, $1,55 mlrdga yetgan. - Dollar kursi yana rekord darajani qayd etdi.
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 18 so‘m 1 tiyinga oshib, 12 893,07 so‘mni tashkil etdi. - $2,7 mlnlik kriptovalyuta aylanmasi uchun qo‘lga olingan yigit nimada ayblanmoqda?
IIV matbuot kotibi ushbu jinoyat ishi to‘g‘risida chiqishlar qilayotgan ayrim tarmoq foydalanuvchilarini o‘z harakatlari bilan jamoatchilikni chalg‘itmaslikka chaqirdi. - Auksionda “chiroyli” avtoraqam qariyb 473 mln so‘mga sotildi.
Bundan avval dekabr oyi boshida auksionda eng qimmat avtoraqam 474 mln so‘mga sotilgandi. - “UzAuto Motors” Cobalt uchun navbatdagi kontraktatsiyani yakunladi.
Kompaniya qariyb ikki soat ichida GX-Style AT Plus va GX-Midnight AT uchun 12 mingtadan ortiq shartnoma tuzgan. - O‘zbekiston 2025-yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini davom ettiradi.
Afg‘onistonning “DABS” kompaniyasi va “O‘zenergosotish” yetkazib berish shartnomasini keyingi yilga uzaytirdi. - O‘zbekistonda issiqxona pomidorlari savdosi inqirozga yuz tutmoqda — EastFruit
Asosiy muammo mamlakat uchun eng yirik savdo bozorlaridan biri bo‘lgan rossiyalik iste’molchilarning xarid qobiliyati pasayishi bo‘lgan. - Kripto-aktivlar sohasida faoliyatni litsenziyalash narxlari belgilandi.
Xususan, kripto-birja tashkil etishda litsenziya uchun davlat boji miqdori 27,5 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
Open Muddatli To‘lov xizmati 75 million so‘mgacha bo‘lgan xaridlarga bo‘lib to‘lash imkoniyatini taklif qilmoqda
Mazkur mablag‘larni boshlang‘ich to‘lov va ortiqcha xarajatlarsiz 12 oy ichida qulay to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati bilan olish mumkin.
AI Journey bilan insonlar dunyosiga sayohat
11−13 dekabr kunlari Moskvada AI Journey sun’iy intellekt (SI) bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Har yili tadbir rossiyalik va xalqaro ekspertlarni, shu jumladan biznes hamjamiyati, fan va texnologiya, ta’lim vakillarini jalb qiladi.
Uzum Bank va Visa debet plastik kartalarini ishga tushirdi
Uzum Bank va Visa O‘zbekistonda fintexni rivojlantirish uchun strategik hamkorlikni kengaytirmoqda. Bank ekotizimdagi IT infratuzilmasi negizida Uzum Visa plastik kartalaridan erta foydalanish imkoniyatini ochdi.
Sun’iy intellekt bank sektorini qanday o‘zgartirmoqda
CTO Lenovo Infrastructure Solution Group kompaniyasining texnik direktori Per Overgaard Lenovo texnologiyalari sun’iy intellektni bank sektoriga tez joriy etishga yordam berishi haqida so’zlab berdi.