“Amazon” mahsulot tarqatish markazlari ishchilari yirik ish tashlash boshladi. Ular 19-dekabr kuni ular ishni muddatidan oldin tark etdi, deya xabar bermoqda “Associated Press” nashri.
“CNN” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning haydovchilari ham ish tashlashda ishtirok etmoqda.
Kasaba uyushmalari avval ogohlantirgan norozilik namoyishlarida Nyu-York, Atlanta va San-Fransisko kabi yirik shaharlardagi markazlar xodimlari ishtirok etmoqda.
“Amazon Teamstears” kompaniya xodimlarini muzokaralar stoliga kelishga chaqirib, ishchilar uchun yaxshi ish sharoitlarini talab qilmoqda.
Kasaba uyushmalarining qayd etishicha, ular “Amazon"ning qariyb 10 ming ishchisi manfaatini himoya qilmoqda — bu kompaniyaning AQShdagi jami xodimlarining 1%dan ham kamrog‘ini tashkil etadi. “Amazon"ning Qo‘shma Shtatlardagi taqsimlash markazlari soni 600tadan oshadi.
“Amazon"ning ma’lum qilishicha, ish tashlashlar tovarlarning bayramoldi kunlari o‘z vaqtida yetkazib berilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Avvalroq “Spot” “Amazon” arzon tovarlar do‘konini ochishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, mahsulotlarga narxi bo‘yicha cheklovlar qo‘yilib, buyurtmalar uzoqroq muddatda 9 kundan 11 kungacha yetkaziladi.