O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 12 900 so‘mdan oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 902 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 8 so‘m 93 tiyinga oshdi.
Bundan oldin dollar kursi to‘rt marta rekordni yangilab, 20-dekabr kuni 12 893,07 so‘mni, 14-dekabr kuni 12 892,97 so‘mni, 13-dekabr kuni 12 880 so‘mni, 10-dekabr kuni esa 12 874,02 so‘mni tashkil qilgandi.
Noyabr oyida kurs ketma-ket uch marta rekord darajaga ko‘tarilib, 28-noyabr kuni 12 865,05 so‘mni, 20-noyabr kuni 12 855 so‘mni, 19-noyabr kuni 12 844 so‘mga yetgandi.
2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilish bo‘lgan.