“Apple” “AirPods” simsiz quloqchinlariga foydalanuvchilarning jismoniy ko‘rsatkichlarini kuzatish funksiyasini qo‘shmoqchi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar bermoqda.

Kompaniyasi “AirPods"ning yangi versiyalariga tana harorati, yurak urishi va boshqa salomatlik ko‘rsatkichlari sensorlarini qo‘shishni rejalashtirmoqda.

Nashr manbasiga ko‘ra, yaqin yillarda “Apple Watch"ning ko‘plab funksiyalari “AirPods"ga bosqichma-bosqich kiritiladi.

Bundan tashqari, kompaniya “AirPods"ga kamera qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda — “Apple” sun’iy intellektga bo‘lgan qiziqish tufayli ushbu loyihani qayta boshladi.

Kompaniya kamerali dastlabki mahsulotlarini kamida ikki yildan so‘ng ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq “Apple” kamerali “AirPods"larni ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, quloqchinlar infraqizil kameraga ega bo‘lib, “Vision Pro” va boshqa eshitish vositalari bilan integratsiya qilinadi.

Shuningdek, “AirPods"da foydalanuvchi fikrini o‘qish funksiyasi qo‘shilishi haqida ma’lum qilindi.

“Apple” quloqdagi elektrodlar yordamida miyadagi biosignallar va elektr faolligini kuzata oladigan yangi eshitish vositasi texnologiyasini patentladi.


Avvalroq “Spot” “Apple” ekranli “AirPods” g‘iloflarini chiqarishi mumkinligi haqida yozgandi.

G‘ilofning old tomonidagi sensorli ekran joriy trek, ijro navbati va batareya quvvati haqidagi ma’lumotlarni smartfondan foydalanmasdan ko‘rish imkonini beradi.