Avvalroq Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilgi rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

Tadbirkor va Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev uchrashuvda ishtirok etayotgan ishbilarmonlar hayolidagi “oldingi yillar ta’siri” va qo‘rquv sabab, o‘z aylanmalarini kamaytirayotgani haqida hazillashdi. 2017-yildan keyingi islohotlar, jumladan, valyutani liberallashtirish kompaniyalarga 5−10 barobar o‘sishga imkon berganini ta’kidladi u.

Boshqa o‘zgarishlar qatorida tadbirkor qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar yaxshilanganini va turizm rivojlanayotganini alohida ta’kidladi, uning fikricha, so‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich uch baravar oshgan.

“Bu yil Toshkentda ekotizim doirasida oltita mehmonxona loyihasini ishga tushiryapmiz. 1 200ta ish o‘rni [yaratilmoqda]. Bu Markaziy Osiyodagi eng katta [ekotizim bo‘ladi]. Bularning barchasi xorijiy mehmonxona brendlari — „Wyndham“, „Hyatt Place“, „Marriott“, „InterContinental“. Ulardan bir joyda ekotizim yaratmoqdamiz. Bular ikki, uch va to‘rt yulduzli mehmonxonalardir. Ularni ishga tushirishni boshladik va kelgusi yil oxirigacha ularni yakunlashni rejalashtirmoqdamiz” — dedi u.

Bundan tashqari, Ortiqxo‘jayev O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirish rejalari haqida so‘zlab berdi. Xususan, Mayo klinikasi (“Mayo Clinic”), Klivlend davlat universiteti (CSU) va Sedars-Sinay tibbiyot markazi (“Cedars-Sinai Medical Center”) bilan muzokaralar olib borildi.

jahongir ortiqxo‘jayev, prezident, shavkat mirziyoyev, tibbiyot, turizm

Jahongir Ortiqxo‘jayev (o‘ngda). Foto: Madina Nurman / Telegram

Shuningdek, o‘tgan juma kuni bo‘lib o‘tgan prezident yig‘ilishidan uch kun o‘tib, Jons Xopkins kasalxonasi (The Johns Hopkins Hospital") rahbariyati bilan uchrashuv rejalashtirilgandi. Biroq, tadbirkor buning uchun vaqt bo‘lmaganini ta’kidladi.

“Uchta klinika [Mayo klinikasi, Klivlend universiteti va Sedars-Sinay tibbiyot markazi — „Spot“ izohi] bilan uchrashganmizda [taklifimizga] rozi bo‘ldi. Biz bittasi bo‘lsa ham rozi bo‘lsa edi deb borgandik. Hozir ulardan qaysi biri bilan ishlashishga ham [o‘ylanib qoldik]. Uchala klinika ham O‘zbekistonda ishlashga va bu yerda klinika qurishga, shuningdek, tajriba almashishga tayyor. Ular nafaqat klinika qurishga, balki tibbiyot xodimlarimizni o‘qitishmoqchi” — dedi Ortiqxo‘jayev.

Toshkent shahrining sobiq hokimi so‘zlariga ko‘ra, Loyihasini “juda ktta Xitoy kompaniyasi” amalga oshirayotgan loyiha “yaqin kunlarda” boshlanishi rejalashtirilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, uchta tibbiyot muassasasidan Klivlend davlat universiteti tanlangan.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda tibbiy klinikalar qurish zarurligini ta’kidladi, chunki ko‘plab o‘zbekistonliklar Janubiy Koreya, Isroil va Rossiya kabi davlatlarga borib, “pullarini qoldirib kelmoqda”. Prezident Amerika kompaniyalari mahalliy kadrlarni o‘qitishni o‘z ichiga olsa, loyihani qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Avvalroq “Spot” Oliver Xyuz banklarga foydalanuvchilar ma’lumotlarini bulutda saqlashga ruxsat berishni taklif qilgani haqida yozgandi.