O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yangi rekord o‘rnatib, 12 930 so‘mga yaqinlashdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 928,27 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 18 so‘m 47 tiyinga oshdi.
Bir kun oldin dollar kursi yana yangi rekord o‘rnatib, 12 909,80 so‘mni tashkil etdi.
23-dekabr kuni dollar kursi yangi rekord o‘rnatib, 12 900 so‘mdan oshdi. Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 9 so‘mga oshib, 12 902 so‘mni tashkil etgandi.
Bundan oldin dollar kursi to‘rt marta rekordni yangilab, 20-dekabr kuni 12 893,07 so‘mni, 14-dekabr kuni 12 892,97 so‘mni, 13-dekabr kuni 12 880 so‘mni, 10-dekabr kuni esa 12 874,02 so‘mni tashkil qilgandi.
2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilish bo‘lgan.