Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2025-yil uchun ish vaqtining davomiyligi taqvimini tasdiqladi.

Hujjat barcha tashkilotlar uchun amal qiladi. U bayram kunlarining, shu jumladan diniy bayramlarning sanalarini tasdiqlaydi:

  • 31-mart — Iyd al-Fitr (Ramazon hayiti)ning birinchi kuni;
  • 7-iyun — Iyd al-adha (Qurbon hayiti)ning birinchi kuni.

Shuningdek, shanba yoki yakshanbaga to‘g‘ri kelgan bayramlar munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari beriladi. 2025-yilda ular 10-mart va 9-iyunga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, 2-yanvar shanba — 4-yanvar kunidan dam olish kunini ko‘chirish hisobiga besh kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun dam olish kuni bo‘ladi.

24-dekabr kuni “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.

Dam olish kunlari quyidagicha:

  • 28-dekabr, shanba — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;
  • 29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
  • 30-dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;
  • 31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;
  • 2-yanvar, payshanba — 6 kunliklar uchun dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 4-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Bayram munosabati bilan poytaxtdagi 12ta bozorda arzonlashtirilgan mahsulotlar savdosi tashkil etildi. Toshkent shahar hokimligi mazkur savdo yarmarkalari orqali fuqarolar arzon narxlarda mahsulotlarni xarid qilishlari mumkinligini qayd etdi.

Toshkentdagi avtobuslar harakati 30−31 dekabrda yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida tashkil etiladi. Metro harakati esa ikki soat ko‘proq, ya’ni 31-dekabr kuni tonggi 5:00dan 1-yanvar tungi soat 02:00gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.