E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.
Markaziy bankning 26-dekabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 928,27 so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 24-dekabr kuni belgilangan 12 909,80 so‘m qiymatga nisbatan 18 so‘m 47 tiyinga qimmatladi.
26-dekabr kuni sotish kursi “Orient finans bank”, “KDB Bank Uzbekistan” va “Infinbank"da 12 990 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 970 so‘mdan 12 930 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 890 so‘mdan 12 850 so‘mgacha yetdi.
23-dekabr kuni dollar kursi yangi rekord o‘rnatib, 12 900 so‘mdan oshdi. Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 9 so‘mga oshib, 12 902 so‘mni tashkil etgandi.
Bundan oldin dollar kursi to‘rt marta rekordni yangilab, 20-dekabr kuni 12 893,07 so‘mni, 14-dekabr kuni 12 892,97 so‘mni, 13-dekabr kuni 12 880 so‘mni, 10-dekabr kuni esa 12 874,02 so‘mni tashkil qilgandi.
2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilish bo‘lgan.