Adliya vazirligi sun’iy intellektga asoslangan LexAI — huquqiy savollarga javob topishga yordam beradigan chat-bot platformasi ishga tushirilishini e’lon qildi. Platformaning taqdimoti 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Mazkur chat-bot amaldagi 34 mingdan ortiq normativ tusdagi hujjatlar, shuningdek, 604 mlndan ortiq belgilardan iborat bilimlar bazasi o‘qitilgan.

LexAI qonunchilik moddalariga havolalar taqdim etish, masalalarni tahlil qilish va aniqlashtirishni taklif qilish imkoniyatiga ega.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov mahsulotning yaratilishi “tarixiy voqea” ekanini ta’kidladi.

Taqdimot paytida adliya vaziri Akbar Toshqulov botga savol berdi: “Hozir kechqurun soat 18:15, biz hali ham ishdamiz. Bizning bu harakatimiz qonuniymi?” Chat-bot Mehnat kodeksining 139-moddasiga havola qilib javob berdi va keyingi masalani ko‘rib chiqishni taklif etdi: Ish vaqtidan tashqari bajarilgan mehnat uchun qanday kompensatsiya ko‘zda tutilgan?

LexAI funksiyalari orasida quyidailar bor:

  • 24/7 fhuquqiy savollarga javob berish;
  • ovozli so‘rovlar bilan ishlash;
  • so‘rovlar tarixini saqlash;
  • ma’lumotlar bazasini muntazam yangilab borish.

Hozirgi vaqtda chat-bot “savol-javob” funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Sun’iy intellekt so‘rovlarni tahlil qilish, qonunchilik hujjatlarining tegishli moddalariga havolalarni taqdim etish va aniqlashtiruvchi savollarni taklif qilishga o‘rgatilgan.

Tizimga o‘rnatilgan “Google Tarjimon” so‘rov va javoblarni istalgan tilga tarjima qilish imkoniyatini beradi, biroq bu tarjimalar rasmiy hisoblanmaydi.

Kelgusida platformaga shartnomalar, arizalar va boshqa hujjatlar shablonlarini avtomatlashtirilgan tarzda ishlab chiqish uchun alohida konstruktor joriy etiladi.

Platforma hozircha huquqshunos-mutaxassislar sinovidan o‘tmoqda, yaqin vaqtda keng omma uchun ochiladi.

Ushbu bosqichda u ekspertlar va maxsus vaucher egalari tomonidan sinovdan o‘tkaziladi, ular platformadan 1-yanvargacha bepul foydalanishlari mumkin. Chunki tizimdagi har bir so‘rov pulli bo‘ladi va hozirda foydalanuvchilar uchun mavjud obuna variantlari ishlab chiqilmoqda.

LexAI chat-boti bilan havola orqali tanishib chiqish mumkin.


Avvalroq “Spot” internetga kirish imkoniga ega “ChatGPT” search chat-boti taqdim etilgani haqida yozgandi.

Endi “ChatGPT” nafaqat o‘z ma’lumotlar bazasidan, balki tarmoqdan eng dolzarb ma’lumotlarni qidirishni biladi.