Uzbekistan Business Awards — iqtisodiy rivojlanish, innovatsiyalar va mas’uliyatli biznes yuritishda namuna bo‘lgan kompaniyalar har yili taqdirlanadigan mukofot hisoblanadi.

Pepsi ichimliklarining O‘zbekistondagi rasmiy ishlab chiqaruvchisi — “International Beverages Tashkent” kompaniyasi “Yilning yirik soliq to‘lovchisi” nominatsiyasi bo‘yicha nufuzli Uzbekistan Business Awards — 2024 mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Ushbu mukofot “International Beverages Tashkent” kompaniyasining O‘zbekistondagi yirik soliq to‘lovchilardan biri sifatida ahamiyatli ekanining yana bir tasdig‘idir. Zero, kompaniya soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, yangi ish o‘rinlari yaratish va hamkorlik tarmoqlarini rivojlantirish orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda faollik ko‘rsatib, yuksak ijtimoiy mas’uliyatni namoyon etmoqda.

Kompaniya soliqlarni shaffof tarzda to‘lash orqali davlat iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashga hissa qo‘shyapti. Qolaversa, bu bilan infratuzilma, sog‘liqni saqlash va ta’limni rivojlantirish kabi muhim davlat dasturlarini amalga oshirishga ham xizmat qilmoqda.

Shu ma’noda, bugun “International Beverages Tashkent” davlat va jamiyat ishonchini mustahkamlab, biznes rivoji, mamlakatning barqaror taraqqiyoti va farovonligiga salmoqli ulush qo‘shayotgan namunali kompaniya sifatida hurmat qozondi.

Reklama huquqlari asosida.