O‘zbekiston yanvar-noyabr oylarida 3,8 mln dona mobil telefon import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Yetkazib berish hajmi 2023-yilning butun ko‘rsatkichidan oshib ketdi — o‘sha paytda 3,4 mn qurilma import qilingandi.
Bunda ularning qiymati ham sezilarli darajada yuqori bo‘lgan — $240 mlnga nisbatan $346,5 mlnni tashkil etgan.
Telefonlarning asosiy yetkazib beruvchisi Xitoy bo‘lib qolmoqda, undan o‘n bir oy ichida 3,1 mln qurilma import qilingan. Ulardan 1 mlnga yaqini kuzning uch oyiga to‘g‘ri keldi.
Ikkinchi o‘rinni 535,5 ming telefon bilan Vetnam egalladi, shundan 130 mingtasi kuzda olib kirildi. Taqqoslash uchun, avgust oyida 66 mingdan ortiq Vetnam apparati import qilingan edi.
Uchinchi o‘rinda Hindiston turibdi — 110,7 ming qurilma, ularning 40,4 mingtasi so‘nggi uch oy ichida import qilingan.
Shuningdek, Gonkongdan import keskin oshdi — sentabrdan noyabrgacha 36,2 ming dona qurilma keltirilgan bo‘lib, bu oldingi sakkiz oydagi 7 ming donadan ancha ko‘p. Boshqa mamlakatlarga esa jami 5 mingdan sal ko‘proq qurilma to‘g‘ri keldi.
2023-yilda mobil telefonlar importining 90%dan ko‘prog‘i Xitoydan kelgan mahsulotlar hisobiga to‘g‘ri keldi. Uchlikka Vyetnam va Hindiston ham kirdi. Biroq, BAA orqali amalga oshirilgan yetkazib berishlar keskin kamayib, yil oxiriga kelib deyarli to‘xtab qoldi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekiston noyabr oyida Xitoyga gaz eksportini 45,5%ga oshirgani haqida yozgandi.