O‘zbekistonda kiberfiribgarlikka qarshi qanday choralar ko‘rilmoqda?

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i Behzod Mamajonov “Spot"ga firibgarlikka qarshi qanday choralar ko‘rilayotgani, bu yil kiberjinoyatlarning qanday “sxemalari” tarqalgani va kimdir firibgarlik qurboniga aylansa, nima qilishi kerakligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistonda 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

Spot keyingi yildan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Yil yakuni: xorijdagi oliygohlar, grant dasturlari va kerakli hujjatlar haqida

“Spot” xorijdagi o‘zbekistonliklar tahsil olayotgan oliygohlar, ulardagi ta’lim tizimi va yutish mumkin bo‘lgan grantlar haqidagi ma’lumotlarni jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


HR-sohasidagi yil yakuni: masofaviy ishdan voz kechish, xodimlarni o‘qitish tendensiyasi va ish haqining o‘sishi

“Spot” ekspertlar bilan 2024-yilda HR-sohasidagi asosiy tendensiyalar, ish haqlaridagi o‘zgarishlar, sun’iy intellektni joriy etish va mehnat bozorini rivojlantirish prognozlarini muhokama qildi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Yil yakuni: 2024-yilda fintex va bank sektoridagi trendlar va 2025-yil uchun kutilmalar

“Spot” ekspertlar bilan sohaning tartibga solinishi, ortda qolayotgan yilning asosiy voqealari va kelgusi yil bo‘yicha prognozlar borasida suhbatlashdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. “Rivojlanishga to‘sqinlik qiladi” — Oliver Xyuz bank ma’lumotlarini “bulut"da saqlashni taklif qildi.
    “TBC Group"ning xalqaro biznes bo‘limi rahbari shaxsiy va bank ma’lumotlarini bulutli texnologiyalarda saqlashga ruxsat berishni, buning uchun qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish taklifini bildirdi.
  2. Ayrim avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori kamaytirildi.
    Moped va skuterlarga davlat raqami belgilarini berish uchun yig‘im miqdori BHMning 1,5 baravari — 562,5 ming so‘m etib belgilandi.
  3. “Bizni sindirgani yo‘q” — Zafar Hoshimov “Carrefour” va “Magnum” riteyllari haqida.
    “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi JSTga a’zo bo‘lish jarayonida tannarx katta rol o‘ynashini, kengayish orqali uni pasaytirish mumkinligini qayd etdi.
  4. O‘zbekiston Pokistondan mandarin importini vaqtinchalik to‘xtatdi.
    Holatga Pokistondan import uchun berilgan sertifikatlar qalbaki ekanligi va keltirilgan mevalarda zararkunanda borligi sabab bo‘lgan.
  5. Auksionda eng qimmat “chiroyli” avtoraqam 551 mln so‘mga sotildi. Bu ko‘rsatkich oldingi rekordga nisbatan 6,6%ga ko‘proqdir.
  6. Endi elektr energiyasi, gaz va suv hisoblagichlar proaktiv tarzda tekshiruvdan o‘tkaziladi.
    Bundan tashqari, yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazishda amalga oshiriladi.
  7. “Elektrzapravka"lar o‘chirilayotgani yuzasidan davlat organlariga deputat so‘rovi yuborildi.
    O‘zLiDeP deputati Nuriddin Sultonov Energetika vazirligi va Kadastr agentligidan stansiyalar faoliyati cheklanishi hamda demontaj ishlarining qonuniyligi yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berishni so‘radi.
  8. Yangi yil bayramida qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.
    Bayramda olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun, besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 6 kun dam oladi.
  9. “Chiroyli” avtoraqam rekord darajada qimmat — $75 mingga sotildi.
    Bu bir kun oldingi rekord ko‘rsatkichga nisbatan 75%ga yuqoridir.
  10. Bayram kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat.
    Jami 26ta bank orqali bayram va dam olish kunlari valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

TBC Bank ilk bor foydalanuvchilarning shaxsiy natijalarini sarhisob qildi

TBC UZ ilovasida 2024-yil uchun shaxsiy natijalar mavjud. Barcha foydalanuvchilar ilovaga birinchi marta qachon kirganliklarini, omonat bo‘yicha foizlardan qancha daromad olganliklarini, qancha qadam bosganliklarini bilib olishlari mumkin.

International Beverages Tashkent kompaniyasi “Yilning yirik soliq to‘lovchisi” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonda Pepsi’ning rasmiy ishlab chiqaruvchisi International Beverages Tashkent Uzbekistan Business Awards 2024'da “Yilning eng yirik soliq to‘lovchisi” nominatsiyasida nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi.