Davlat rahbari farmoni bilan prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va uning ekspertlar guruhi tarkibi tasdiqlandi.

20-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev faol tadbirkorlar bilan muloqotda IT, fintex, biznesni moliyalashtirish, eksport, turizm, xizmatlar va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish kabi masalalar bo‘yicha Biznesni qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik kengashida ekspert guruhlarini tashkil etish taklifini bildirgandi.

Ekspertlar guruhiga jami 49 kishi kiritilgan bo‘lib, ulardan 46 nafari tadbirkorlardir. Ular qatorida Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov va SSP boshqarma boshlig‘i, Jamoatchilik kengashi kotibi Sarvar Niyozov bor.

“Yashil” energetika, infratuzilma va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhiga quyidagilar kirdi:

  • Jamshid Shakirov — “Uzbekistan Hydrogen Peroxide” ta’sischisi;
  • Shavkat Jalolov — “Agromir” ta’sischisi;
  • Ulug‘bek Rahimov — “Kids Plate Distribution” ta’sischisi;
  • Ilhomjon Abdurahmonov — “Paxtakor Teks” rahbari.

Axborot texnologiyalari:

  • Ulug‘bek Rustamov — “Click” ta’sischisi;
  • Ilshat Xametov — “Uzum Market” bosh direktori;
  • Hikmatillo Nasrullayev — “Realsoft” ta’sischisi.

Tadbirkorlikni moliyalashtirish, moliya texnologiyalari va sug‘urta xizmatlari:

  • Shuhrat Ergashev — “Orient Confection” ta’sischisi;
  • Farhod Mamajonov — “Prestij Rielt” ta’sischisi;
  • Shuhrat Hamdamov — “Sam Rafoat Tekstil” ta’sischisi;
  • Suhrob Po‘latov — “Meros Pharm” rahbari;
  • Zafarjon Mustafoyev — “Uzbek Leasing International” bosh direktori;

Tashqi savdo, soliq, transport-logistika va bojxona:

  • Umidbek Safarov — “Soliq Kalkulyatori” ta’sischisi;
  • Murodjon Muhamedjonov — “United Tax Advisors” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori;
  • Sardor Abasxanov — “Global Eksport Company” ta’sischisi;
  • Denis Pavlenko — “Ardena Sentral Asia” asoschisi;
  • A.A. Qurbonov — “International Business audit and consulting” (IBAC) rahbari o‘rinbosari.

Savdo, xizmat ko‘rsatish, xususiy ta’lim va turizm:

  • Jahongir Ortiqxo‘jayev — “Akfa Group” asoschisi;
  • Zafar Hoshimov — “Anglesey Food” kuzatuv kengashi raisi;
  • Ravshan Ubaydullayev — “Amirsoy” ta’sischisi;
  • Husomiddin Qayumov — “Mak Food Servis” ta’sischisi;
  • Umid Irgashev — “Feedup Eco” asoschisi.

Qurilish va qurilish materiallari sanoati:

  • Payzullajon Mirzayev — “Orient Group Management” ta’sischisi;
  • Murod Nazarov — “Murad Buildings” asoschisi;
  • Ulug‘bek Rasulov — “Orient Ceramic” asoschisi;
  • Xayrila Ismatov — “Demesne Trade LLC” ta’sischisi;
  • Akmal Hasanov — “Veritas Inter Lex” rahbari.

Elektrotexnika:

  • Tohir Sharipov — “Procab” ta’sischisi;
  • Shoxrux Ro‘ziqulov — “Artel Engineering and Management” bosh direktori;
  • Davronbek Axmatov — “Prae Legal” rahbari.

Yengil sanoat:

  • Muzzafar Razzoqov — “GTG operation” rahbari;
  • Jamshid Ismatullayev — “Chust Textile” ta’sischisi;
  • Abdulhoshim Ismoilov — “Ravon Taraqqiyot Orzusi” asoschisi;
  • Kamol Abdullayev — “Sam Antep Gilam” qo‘shma korxonasi ta’sischisi;
  • Sherzod Jumayev — “Navbahor Tekstil” ta’sischisi.

Farmatsevtika va sog‘liqni saqlash:

  • Azizxo‘ja Abbosxo‘jayev — “Grand Pharm Trade” ta’sischisi;
  • Ulug‘bek Haydarov — “Farm Luks Invest” ta’sischisi;
  • Nasimjon Komilov — “Stdhealthmed” asoschisi;
  • Ulug‘bek Mamatqulov — “Samarkand-England eco-Medical” asoschisi.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati:

  • Azamat Sultonov — “Buxoro Agroklaster” ta’sischisi;
  • Shuhrat Ilhomov — “NAVRO‘Z-PTK” ta’sischisi;
  • Faxriddin Ilyasov — “Ilyasov” ta’sischisi;
  • Saidvali Nasretdinov — “Agro Prodex Group” rahbari;
  • Rahmatjon Abdullayev — “Almerro Group” ta’sischisi;
  • S.K. Solihov — “Zafarxon” ta’sischisi;
  • B.M. To‘xtaniyozov — “To‘xtaniyoz ota” rahbari.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kengashi 2022-yilda maslahatchi organ sifatida tashkil etilgan.

Uning asosiy vazifalari tadbirkorlik faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini dastlabki ko‘rib chiqishdan iborat. Kengash majlislari oyiga kamida bir marta o‘tkaziladi.

Avvalroq “Spot” 36 toifadagi tovarlar uchun bojxona bojining nol stavkaalri 2025-yil oxirigacha uzaytirilgani haqida yozgandi.