Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni biznes uchun teng sharoit va adolatli raqobat muhitini ta’minlashga qaratilgan farmonni imzoladi.
Farmon prezidentning 20-dekabr kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishida muhokama qilingan chora-tadbirlarni belgilaydi. Unga ko‘ra, 2028-yilgacha QQS va foyda solig‘i stavkalari oshirilmaydi.
Bundan tashqari, 36 toifadagi oziq-ovqat va boshqa tovarlar uchun bojxona bojlarining nol stavkalari yana bir yil — 2026-yilgacha uzaytiriladi. Ular 2023-yilning mart oyida joriy etilgan.
Farmon bilan mahsulotlarning quyidagi toifalari nazarda tutilgan:
- cho‘chqa go‘shti va boshqa go‘sht (parranda go‘shtidan tashqari), shuningdek cho‘chqa yog‘i va uy parranda yog‘i;
- go‘sht konservalari va boshqa mahsulotlar;
- konservalangan baliq va ikra;
- kefir, yogurt, paxta, quyultirilgan sut (qo‘shimchalar bilan va ularsiz);
- pishloqlar va tvorog;
- qobiqsiz tuxumlar, tuxum sarig‘i;
- piyoz, sarimsoqpiyoz, shalot piyoz va boshqa piyozli sabzavotlar;
- salat latuk, sikoriy;
- dukkaklilar;
- sabzavot konservalari;
- mevalar (xurmo, anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin, olma, nok, behi) va yong‘oqlar;
- un (bug‘doy va javdardan tashqari);
- kartoshka granulalari;
- boshoqli don;
- non, non-bulka va makaron mahsulotlari;
- kokos va palma mag‘zi yog‘i;
- spageti, makaronlar, ugra, lazanya, ravioli kabi makaron mahsulotlari;
- shokolad, qandolatchilik mahsulotlari, vaflilar;
- murabbolar, marmeladlar, mevali jele, meva va yong‘oqli pyuresi (pasta);
- konservalangan mevalar, yong‘oqlar va o‘simliklarning boshqa iste’mol qilinuvchi qismlari;
- qahva, choy yoki paragvay choyi yoki mate, aragvay choyining ekstraktlari, essensiya va konsentratlari, tayyor mahsulotlar;
- souslar va ziravorlar, xantal kukuni;
- tayyor sho‘rvalar va bulonlar, ularni tayyorlashga yarim tayyor mahsulotlar;
- butilkali suv va ichimliklar;
- sochlar uchun vositalar;
- dezodorantlar, soqol olish uchun vositalar, parfyumeriya;
- bolalar kiyimi va ular uchun jihozlar;
- patak uzunligi 24 smgacha bo‘lgan poyabzal.
2022-yilning may oyida prezident farmoni bilan 22 turdagi oziq-ovqat tovarlari bojxona bojidan ozod etilgandi.
Avvalroq O‘zbekistonda tropik mevalar konsentratlari bojxona bojidan ozod etilishi mumkinligi xabar berilgandi. Namangan, Samarqand va Toshkentda laboratoriyalar tashkil qilib, sut mahsulotlarining tabiiy yoki quruq sutdan tayyorlanganini belgilab qo‘yish kerakligi qayd etildi.