2025-yilda ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilandi.
Ularning yangi miqdorlari 24-dekabr kuni prezident tomonidan imzolangan 2025-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun bilan belgilandi.
Mazkur stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan daromadlariga soliq solish maqsadida qo‘llaniladi.
Shu bilan birga, ular ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga tatbiq etiladi. Bundan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi tuzilgan shartnomalar mustasno.
Eng kam stavkalar summasi quyida keltirilgan:
Ijaraga beriladigan mol-mulk turi | Belgilangan stavka miqdorini tavsiflovchi ko‘rsatkich | Oylik ijara to‘lovi stavkalarining minimal miqdorlari, so‘mda (o‘zgarishlar) | ||
Toshkent | Nukus, viloyat markazlari | boshqa aholi punktlari | ||
1. Binolar: | ||||
turar joy | Umumiy maydonning 1 km.metri uchun | 28 000 (+12%) | 13 500 (+12,5%) | 5 500 (+10%) |
noturar joy | 45 000 (+12,5%) | 26 500 (+12,7%) | 11 000 (+10%) | |
2: Avtotransport | ||||
yengil avtomobil (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8tadan ko‘p bo‘lmagan avtomobillar) | 1ta avtomobil uchun | 858 000 (+10%) | ||
mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari | 1 705 000 (+10%) |
Avvalroq tuman va shahar hokimliklariga ayrim yo‘nalishlarda ma’muriy vakolatlar berilishi ma’lum qilingandi. Ular tadbirkorlar jamoat kengashini tuzishi, rahbarlarni tayinlashi yoki ularni ishdan olishi, shuningdek, rag‘batlantirish berishi mumkin.