Nurafshon va Angrenda Xitoy investorlari ishtirokida bir nechta yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Nurafshon hokimligi vakillari Chjetszyan provinsiyasida “Extol Global Capital Pte. Ltd” kompaniyasi hamda boshqa investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokara yakunlariga ko‘ra, $106 mln miqdoridagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Xususan, shaharda $12,5 mlnlik qurilish materiallari klasterini tashkil etish rejalashtirilgan. Yana bir loyiha kosmetika ishlab chiqarish zavodini ochishni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, Xitoy kompaniyalari Nurafshon Business City markazida ko‘p xonadonli turar-joy majmuasi, mehmonxona va restoran qurish niyatini bildirmoqda. Loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

Angren erkin iqtisodiy zonasida Xitoy sarmoyasi ishtirokida yana bir nechta ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shahar hokimi Alisher Raimov Xunan, Anxoy, Shandun va Guandun viloyatlaridan kelgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Nurafshon tomoni “Anhui Jinpeng Energy Saving Technology”, “Infy Power” va “Xintay” kompaniyalari bilan memorandumlar imzoladilar.

Kompaniyalar mebel, eshik va derazalar, suv filtrlari, quyosh fotoelektrik panellari va akkumulyator tizimlari, shuningdek, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilmoqda.


Avvalroq “Spot” Xitoy “Eksimbank"i O‘zbekistonga irrigatsiya ishlari uchun $220 mln ajratgani haqida yozgandi.

Kreditlar hisobidan 4ta viloyatda sug‘orish infratuzilmasini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.