2024-yilda Norvegiyada sotilgan barcha yangi avtomobillarning 89%i to‘liq elektr quvvatiga ega bo‘lgan, deya xabar bermoqda “Reuters” nashri.

Masalan, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 82,4%ni tashkil etgan. Eng ko‘p sotuvchilar orasida “Tesla”, “Volkswagen” va “Toyota” bor. Xitoy elektromobillari yangi avtomobil bozorining taxminan 10%ini egallagan.

Norvegiya neft qazib oluvchi davlat sifatidagi maqomiga qaramay, soliq imtiyozlari va ichki yonuv dvigatelli (ICE) avtomobillar uchun yuqori to’lovlar orqali elektr transport vositalariga otishni muvaffaqiyatli ragbatlantirdi.

Elektromobillar xaridorlari QQS va boshqa bir qator soliqlarni to‘lashdan ozod qilingan, bu esa bunday avtomobillarni arzonroq qiladi.

2023-yilda rag‘batlantirish qisman bekor qilinganiga qaramay, qirollikda elektromobillarni qo‘llab-quvvatlash ko‘p yillar davomida barqarorligicha qolmoqda.

Norvegiyada kuchli avtomobil ishlab chiqaruvchi lobbi yoqligi ham muhim rol oynadi. Avtomobil ishlab chiqaruvchilari siyosatga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan mamlakatlardan farqli olaroq, Norvegiya hukumati ichki yonuv dvigatellari bolgan avtomobillarga yuqori soliqlarni erkin joriy etishga muvaffaq bo‘ldi.

2024-yil oxirida elektr transport vositalari mamlakat avtoparkining 28%dan ortig‘ini tashkil etib, ularning soni bo‘yicha benzinli avtomobillarni ortda qoldirdi.

“Bu boshqa davlatlar uchun muhim saboq: biz keng qamrovli imtiyozlarni taklif qilishimiz va ularning uzoq muddatda barqarorligini ta’minlashimiz kerak”, dedi Norvegiya transport vaziri orinbosari Sesiliya Kniebe Kroglund.

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, yaqin bir necha yil ichida Norvegiyadagi avtomobillarning yarmidan ko‘pi elektrda bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” 2025-yil yakunigacha 32 mingdan ortiq elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini o‘rnatish rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.

Avtoturargohlarda kamida bitta joy elektromobillarni quvvatlash uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Davlat tasarrufidagi bo‘sh turgan yerlar hamda davlat korxonalari hududida stansiyalarni o‘rnatish auksion orqali amalga oshiriladi.