Dunyodagi eng boy 500 kishi bir yil ichida $1,5 trlnga boyidi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.

“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, ularning umumiy boyligi $10 trlnga yetgan. Milliarderlar ro‘yxatida Ilon Mask, Mark Sukerberg va Jensen Xuan yetakchilik qilmoqda.

Shuningdek, reyting yetakchilari Larri Ellison, Jeff Bezos, Maykl Dell hamda Larri Peyj va Sergey Brin bo‘ldi.

O‘tgan yil davomida sakkizta tadbirkor $600 mlrdan ortiq daromad oldi, bu 500ta eng boy odamning 1,5 trlnidan 43%ini tashkil qiladi.

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bilan Maskning yaqin munosabatlari uning “Tesla”, “SpaceX” va “xAI” kompaniyalari qiymatini oshirishga yordam berdi. Uning boylik miqdori $442,1 mlrdga yetib, yil boshidagiga nisbatan $213 mlrddan ko‘proqqa o‘sdi.

Dekabr oyi ma’lumotlariga ko‘ra, u bilan Bezos o‘rtasidagi $237 mlrdlik farq “Bloomberg” reytingi tarixida birinchi va ikkinchi o‘rinlar orasidagi eng katta tafovut bo‘ldi.

Umuman olganda, dunyodagi eng boy odamlar 2024-yil kutilganidan ham yuqori natija ko‘rsatgan fond bozorida daromad olishdi. “Ajoyib yettilik” deb nom olgan kichik aksiyalar guruhi tufayli “S&P 500” indeksi 24%ga o‘sdi.


Avvalroq “Spot” Trampning g‘alabasi dunyoning eng boy o‘nta odamiga $64 mlrd foyda keltirgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, asosiy foyda oluvchi Ilon Mask bo‘ldi, uning boyligi bir kunda $290 mlrdgacha o‘sdi.