“Feriyenjob — Work and Travel” dasturi bo‘yicha Germaniyaga 3 oylik mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qabul jarayoni agentlik va Germaniyaning “Novo Agency” tashkiloti hamkorligida amalga oshirilmoqda. Dastur 2025-yilning mart-iyun oylarida o‘tkazilib, unda quyidagi sohalar bo‘yicha ishtirok etish mumkin:
- ishlab chiqarish;
- sanoat;
- omborxona logistikasi;
- qadoqlash;
- gastronomiya.
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
- sirtqi ta’limda o‘qiyotgan bo‘lishi;
- 18−35 yosh;
- mart-iyun oylari oralig‘ida ta’til davriga ega;
- rus, ingliz yoki nemis tillarini muloqot darajasida bilish (sertfikat talab etilmaydi).
Dasturda bitiruvchi kurs talabalari qatnasha olmaydi. Mavjud ish o‘rinlari soni 250 tani tashkil etadi.
Ishtiroklarga 1450 yevrodan 1700 yevrogacha ish haqi beriladi. Ish haftasiga 35−40 soat.
Bundan tashqari, qabul qilinganlar quyidagi xarajatlarni qoplash mavjud:
- hujjatlar tayyorlanishi uchun 500 yevro;
- viza 100 yevro
- aviachipta 400−450 yevro atrofida;
- turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari.
Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni +998 (88) 239−32−23 telefon raqami yoki “Telegram"-manzili dan olish imkoni mavjud.
Avvalroq prezident “Work and Travel” kabi dasturlarda ishtirok etuvchi talabalarning yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratilishini ma’lum qilgandi.