Energetika vazirligi bayonotiga qaramay, Toshkentda “elektrzapravkalar” o‘chirilganligicha qolmoqda

Bir nechta bozor ishtirokchilari “Spot"ga avval o‘chirilgan quvvatlantirish stansiyalarining barchasi ham tarmoqqa qayta ulanmaganini ma’lum qildi.

hafta yakuni, yangiliklar


Yil yakuni: O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida nimalar sodir bo‘ldi va 2025-yilda nimalar kutilmoqda?

“Spot” “Commonwealth Partnership” rahbari Denis Sokolov bilan birgalikda ko‘chmas mulk bozorida qanday o‘zgarishlar yuz bergani, uy-joy, ofis va omborlar narxlari qay darajada o‘zgargani, yangi yilda narxlar qanday bo‘lishi borasida suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Yil yakuni: O‘zbekistonda dollar kursiga nimalar ta’sir qildi va 2025-yil uchun prognozlar qanday?

“Spot” tahlilchilar bilan 2024-yilda so‘mning qadrsizlanishi sur’atining sekinlashishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi risklar hamda keyingi yilda almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar borasida suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi.
    46 tadbirkor orasida Zafar Hoshimov, Jahongir Ortiqxo‘jayev, Murod Nazarov, shuningdek, “Click” va “Amirsoy” ta’sischilari bor.
  2. 2024-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 9,8%ni tashkil qildi.
    Dekabr oyida oziq-ovqat narxlarining o‘sishi sezilarli darajada tezlashgan bo‘lsa, sanoat tovarlarining o‘sishi sekinlashdi.
  3. Elektrdan qarzdor tadbirkorlarni tarmoqdan uzib qo‘yishni to‘xtatish rejalashtirilmoqda.
    Prezident qarzdorlikni qismlarga bo‘lib to‘lashga ruxsat berish va jarimalarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
  4. O‘zbekistonliklar Buyuk Britaniyaga mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga taklif etilmoqda.
    Nomzodlarni ro‘yxatga olish 10-yanvar kuni o‘tkazilib, saralanganlar bilan onlayn suhbat 14−15 yanvar kunlari tashkil etiladi.
  5. Sobiq “UNG Petro” “zapravka"larida Ai-80 benzini 8150 so‘mgacha qimmatlashdi.
    Buxoro NQIZdagi barcha neft mahsulotlari, shu jumladan, benzin ham 1-yanvardan faqat birja orqali sotiladi.
  6. Telegramda navbatdagi yangilanishlar taqdim etildi.
    Xususan, kolleksiyalanadigan hadyalar, xabarlarni qidirish filtrlari, ilova ichidagi QR-kod skaneri hamda boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi.
  7. Saidazim Gulyamov “UzAuto Motors Powertrain” bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
    Ilgari Gulyamov mazkur lavozimga Bu Andersson tayinlanishidan oldin bir necha yil kompaniyaga rahbarlik qilgan.
  8. 2024-yilda dunyodagi eng boy 500 kishi $1,5 trlnga boyidi.
    Bu boylikning $600 mlrdi 8 nafar biznesmenga tegishli bo‘lib, ular qatoriga Ilon Mask, Larri Ellison, Jeff Bezos, Maykl Dell, Larri Peyj va Sergey Brin kabilar kiradi.
  9. O‘zbekistonliklar “Work and Travel” dasturi doirasida Germaniyaga ishga taklif etilmoqda. Ish haqi — 1700 yevrogacha.
    Talabalar 18−35 yosh oralig‘ida, sirtqi ta’limda o‘qiyotgan bo‘lishi hamda rus, ingliz yoki nemis tilini muloqot darajasida bilishi kerak.
  10. Dollar kursi yana rekord darajani qayd etdi.
    Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 27 so‘mga oshib, 12 942 so‘mni tashkil etdi.