“Apple” iPhone’dagi suratlarni foydalanuvchilarni ogohlantirmasdan skanerlaydi. Bu haqda “Kod Durova” nashri xabar berdi.
Gap iOS 18.1 va macOS 15.1 dan boshlab, “Apple"ning barcha qurilmalarida standart ravishda “Takomillashgan vizual qidiruv” funksiyasi haqida bormoqda.
Funksiya 2024-yil 28-oktabrdan boshlab iOS 18.1 va macOS 15.1 operatsion tizimli qurilmalarida mavjud bo‘ldi, ammo “Apple” foydalanuvchilarga uning ishlashi haqida batafsil ma’lumot bermadi.
“Takomillashtirilgan vizual qidiruv” sun’iy intellekt yordamida fotosuratlarni tahlil qiladi, diqqatga sazovor joylarni aniqlaydi va shifrlangan ma’lumotlarni bazada qidirish uchun “Apple” serverlariga uzatadi.
Keyin natijalar foydalanuvchining qurilmasiga qaytariladi va u yerda shifrlanadi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, ma’lumotlar gomomorf shifrlash va differensial maxfiylik mexanizmi yordamida himoyalangan.
Bu kompaniyaga turli diqqatga sazovor joylarni aniqlash uchun galereyadagi rasmlarni skanerlash imkonini beradi. Ishlab chiqaruvchining ogohlantirishi va biron-bir bildirishnomasiz u qurilma egalarining aniq roziligisiz kiritilganligi sababli maxfiylik masalalarini keltirib chiqardi.
“Apple"ning ta’kidlashicha, foydalanuvchilar ushbu funksiyadan foydalanishni rad etishlari mumkin.
Kompaniya hozircha nima uchun yangi texnologiya foydalanuvchilarni oldindan ogohlantirmasdan joriy etilgani haqida batafsil izoh bermadi.
Avvalroq “Spot” “Apple” “Siri” maxfiyligi haqidagi da’voni hal qilish uchun $95 mln to‘lashi haqida yozgandi.
Gap foydalanuvchilar maxfiyligini buzgan deb ta’kidlangan “Siri” ovozli yordamchisi bilan bog‘liq jamoaviy da’voni hal qilish haqida ketmoqda.