E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.


Markaziy bankning 6-yanvar holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 942,01 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 3-yanvar kuni belgilangan 12 915,18 so‘m qiymatga nisbatan 26 so‘m 83 tiyinga qimmatladi.

6-yanvar kuni sotish kursi “KDB Bank Uzbekistan” 13 005 so‘mni, “Infinbank”, “Orient finans bank”, “Ziraat Bank Uzbekistan”, “Poytaxtbank"da 13 000 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 985 so‘mdan 12 930 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12 910 so‘mdan 12 850 so‘mgacha yetdi.


4-yanvar kuni O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana rekord darajani qayd etdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 942,01 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 26 so‘m 83 tiyinga oshdi.

Avvalroq “Spot” tahlilchilar bilan 2024-yilda so‘mning qadrsizlanishi sur’atining sekinlashishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi risklar hamda keyingi yilda almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar borasida suhbatlashgandi.

“Kap Depo"ning investitsion bankiri Muzaffar Roziqovning fikricha, 2024-yilda o‘zbek so‘mining 5%dan kam devalvatsiyasi avvalgi yillar fonida sezilarli o‘zgarish bo‘lib, unga nisbatan ijobiy o‘zgarish kuzatilmoqda.

“Avesta Investment Group” katta tahlilchisi Shodlik Nazarov eksport faolligining yuqori darajasi, Markaziy bank siyosati hamda import o‘sishi sur’atlarining sekinlashishi dollar kursini qo‘llab-quvvatlaganini qayd etdi.

Roziqov 2025-yilda AQSh dollarining kursi 13 340 so‘mdan oshishini, Nazarov esa kurs 14 ming so‘mdan pastda qolishi mumkinligini prognoz qilmoqda.