“Qanot Sharq” aviakompaniyasi 20-yanvardan 6-martgacha bo‘lgan davrda bir qator reyslar bekor qilinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, aviakompaniya “Airbus A320” samolyotlarida “ishlab chiqarish zarurati” tufayli quyidagi reyslar bekor qiladi:

  • HH18 Samarqand — Toshkent, 22-yanvardan 5-martgacha;
  • HH701/702, Toshkent — Moskva (Domodedovo) — Toshkent, 25-yanvardan 1-martgacha;
  • HH703/704, Farg‘ona — Moskva (Domodedovo) — Farg‘ona, 24-yanvardan 28-fevralgacha;
  • HH705/706, Namangan — Moskva (Domodedovo) — Namangan, 21-yanvardan 3-martgacha;
  • HH707/708, Toshkent — Moskva (Domodedovo) — Toshkent, 20 (21) yanvardan 3 (4) martgacha;
  • HH709/710, Buxoro — Moskva (Domodedovo) — Buxoro, 25-yanvardan 1-martgacha;
  • HH712, Moskva (Domodedovo) — Samarqand, 20-yanvardan 3-martgacha;
  • HH715/716, Toshkent — Moskva (Domodedovo) — Toshkent, 20-yanvardan 3-martgacha;
  • HH717/718, Toshkent — Moskva (Domodedovo) — Toshkent, 22 (23) yanvardan 5 (6) martgacha;
  • HH741/742, Samarqand — Sankt-Peterburg — Samarqand, 21 (22) yanvardan 4 (5) martgacha;
  • HH743/744, Namangan — Sankt-Peterburg — Namangan, 21-yanvardan 4-martgacha.

Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari chipta narxini qaytarib olishlari yoki reysni boshqa sanaga qayta bron qilishlari mumkin.

Chiptalarni qaytarish yoki almashtirish tafsilotlarini aniqlashtirish uchun aviakompaniyaning +998712279307 telefon raqamiga murojaat qilish kerak.

Bungacha “Qanot Sharq” 31-dekabr va 1-yanvar kunlari amalga oshirishi rejalashtirilgan bir qator reyslarni bekor qilgan edi. Ro‘yxatga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangandan Moskva, Sankt-Peterburg, Istanbul va Tel-Avivga parvozlar kiritilgan.


Avvalroq “Spot” “Air Arabia” Toshkentdan Ras-al-Xaymaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yayotgani haqida yozgandi.

Qish mavsumi uchun parvozlar 27-dekabrdan boshlanib, haftada bir marta — juma kunlari amalga oshiriladi