“Meta” “Instagram” va “Facebook” ijtimoiy tarmoqlarida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan barcha profillarni o‘chirib tashladi. Bu haqda “hi-tech.amil” nashri xabar berdi.

Bu holat sun’iy intellekt hisoblarining skrinshotlari internetda keng tarqalganidan so‘ng yuz berdi. Foydalanuvchilar bu yangilikni salbiy qabul qilishgani sababli, kompaniya o‘z tajribasini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi.

2024-yildan avgustdan boshlab “Meta” sun’iy intellekt yordamida yaratilgan mavjud bo‘lmagan shaxslarning hisoblarini joriy etishni boshladi.

Bu hisoblarda “Sun'iy intellekt sahifasi. Meta boshqaruvida” degan belgi bor. Ushbu profillar kompaniyaning o‘zida ijtimoiy tarmoqlardagi lentalarni sun’iy shaxslardan olingan postlar bilan boyitish maqsadida yaratilgan.

Sun’iy intellekt botlari fotosuratlar, videolar joylashtirdi va hatto haqiqiy foydalanuvchilarning izohlariga hamda xabarlariga javob berdi.

“Meta” o‘z qarorini so‘nggi yillarda “Instagram” va “Facebook"da foydalanuvchilar faolligining pasayishi kuzatilgani bilan izohladi.

Shu sababli, kompaniya lentalarni “qiziqarliroq va jozibadorroq” qilish maqsadida sun’iy intellekt profillarini yaratishni boshladi.

Bundan tashqari, ishlab chiquvchilar yaqin kelajakda sun’iy intellekt kontenti ijtimoiy tarmoqlarning ajralmas qismiga aylanishini ta’kidlashdi.

Biroq yangilik ko‘plab noroziliklarga va savollarga sabab bo‘ldi. Uni “Meta” kompaniyasining marginallashgan guruhlar vakillarini taqlid qilishdagi muvaffaqiyatsiz urinishlari deb baholashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, odamlar o‘z tavsiyalarida his-tuyg‘usiz sun’iy intellekt botlarini ko‘rishni istashmaydi. Bu yechimni “o‘lik internet"ga olib boruvchi yo‘l deb atashdi, shuningdek, yaratilgan foydalanuvchilarni yashirib bo‘lmasligidan shikoyat qilishdi.

Bundan tashqari, odamlarga botlari chalg‘itishi mumkinligi yoqmadi, chunki tajribasiz foydalanuvchilar ularni haqiqiy shaxslar deb o‘ylashlari mumkin edi.

“Meta” vakili Liz Suini ma’lumotiga ko‘ra, sun’iy intellekt sahifalari chiqarilgan foydalanuvchilarni bloklash mumkin emasligi haqidagi shikoyatlardan so‘ng olib tashlangan. Uning ta’kidlashicha, bu tajriba sun’iy intellekt tomonidan emas, balki haqiqiy odamlar tomonidan boshqariladi.


Avvalroq “Spot” “Instagram” sinov videolari deb nomlangan yangi funksiyani ishga tushirayotgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, funksiya obunachilarga ko‘rsatishdan oldin o‘z videolarini sinab ko‘rishni istaydigan ijodkorlar uchun mo‘ljallangan.