Kanadaning “Arton Capital” konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan “Pasport Index” xalqaro pasport mustahkamligi reytingida O‘zbekiston 96 davlat orasida 68-o‘rinni egalladi.
Reytingni tuzishda kompaniya pasportlarni ularning egalari qancha davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda viza olish orqali nechta mamlakatga bora olishiga qarab baholagan.
O‘zbekiston fuqarolari 29ta davlatga vizasiz borishlari, 46ta davlatga borganda viza rasmiylashtirish kerak bo‘ladi, uchta davlat uchun esa mamlakatga kutilayotgan kelish vaqti talab qilinadi. 120ta davlatga tashrif buyurish uchun umumiy belgilangan tartibda kirish vizasi talab qilinadi.
Shunday qilib, so‘nggi bir yil ichida O‘zbekiston pasporti jahon reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarildi, umumiy ko‘rsatkich esa 73tadan 78taga yetdi. Xususan, 2024-yilda BAA, Tailand, O‘mon, Pokiston bilan vizasiz rejim joriy etildi, shuningdek, Xitoy bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Dunyodagi eng kuchli pasport egalari Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari bo‘ldi. Ular uchun 133ta davlatda vizasiz rejim mavjud, yana 47ta davlatga kelganida vizani olish mumkin.
Suriya oxirgi o‘rinda — 9 davlat o‘z fuqarolariga vizasiz sayohat qilishni taklif qiladi, yana 31 davlatda esa viza yetib kelganida beriladi.
MDH mintaqasida Ukraina yetakchi bo‘ldi — 150 mamlakat ko‘rsatkichi bilan 21-o‘rin: 98 — vizasiz rejimda, 52 — kelish vizasi bilan. Hamdo‘stlikdagi eng zaif pasport Turkmanistonda (76-o‘rin; indeks — 68).
Avvalroq O‘zbekiston Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya kabi davlatlar bilan viza tartibini soddalashtirishi haqida xabar berilgandi.
“Work and Travel” kabi dasturlarda ishtirok etuvchi talabalarning yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.