“Instagram” yangi funksiyani sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda “Kod Durova” nashri xabar berdi.
Funksiya foydalanuvchilarning o‘zlari ishtirokida reklama tasvirlarini yaratadi va ularni o‘zlarining tasmalariga joylashtiradi.
“Reddit” foydalanuvchilaridan biri “Meta AI"ning “Imagine Yourself” funksiyasidan foydalangandan so‘ng, “Instagram” uning ishtirokida slayd-shou yaratganini va “Diqqat markazida bo‘lgan cheksiz oyna labirintida hayot haqida qanday o‘ylayotganingizni tasavvur qiling” deb ta’rif qo‘shganini aytdi.
Rasmda “Siz uchun yaratilgan” belgisi ko‘rsatilgan, bu yondashuvning individualligini ta’kidlaydi.
“Men selfi suratimni tahrirlash uchun “Meta AI"dan foydalandim, endi esa “Instagram” menga maqsadli reklamalarni ko‘rsatish uchun yuzimdan foydalanmoqda,” deya ma’lum qildi u.
“Imagine Yourself” funksiyasi foydalanuvchilarga bir nechta o‘z-o‘zini suratga olishni yuklashni taklif etadi. Bu sun’iy intellektga ularni turli g‘ayrioddiy vaziyatlarda tasvirlash imkonini beradi.
Keyinchalik “Instagram” foydalanuvchining qiziqishlariga asoslanib, mustaqil ravishda tasvirlar yaratadi va ularni uning lentasida namoyish etadi.
Bunda “Instagram” bu funksiya an’anaviy reklama emasligini va faqat “Imagine Yourself"dan foydalanishga rozilik bergan shaxslargagina taqdim etilishini ta’kidlaydi.
Suratlar faqat muallifning o‘zigagina ko‘rsatiladi va boshqa foydalanuvchilar ularni ko‘ra olmaydi.
Avvalroq “Spot” “Instagram” va “Facebook” shikoyatlardan keyin sun’iy intellekt akkauntlarni o‘chirib tashlagani haqida yozgandi.
Foydalanuvchilar bunday akkauntlarni salbiy qabul qilishgani sababli, “Meta” kompaniyasi o‘z tajribasini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi.