Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga Erlepesov Nurullan Umirzakovich tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

8-yanvar kuni vazirlik binosida bu bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining Budjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar va innovatsiya masalalari qo‘mitasi raisi Berdibek Seytnazarov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga yangi vazirni tanishtirdi.

Nurullan Erlepesov 1971-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. Avval Samarqand iqtisodiyot va servis institutini, 2010-yilda esa Qoraqalpoq davlat universitetininng sirtqi bo‘limini tamomlagan.

2024-yilning dekabr oyida o‘tkazilgan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining ikkinchi sessiyasida iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga Erlepesov nomzodligi ko‘rib chiqilib, ma’qullangandi.

Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligig, Pensiya jamg‘armasi va G‘aznachilik xizmatiga yangi tayinlovlar amalga oshirilgandi.