“IT Park” “Build Up Labs"ning “O‘z startapingizni Yevropa Ittifoqi bozoriga qanday kengaytirish mumkin” nomli eksklyuziv onlayn workshopiga taklif qiladi.

Ushbu interaktiv vorkshop, o‘zining raqamli mahsulot yoki xizmatlarini Yevropa Ittifoqi bozoriga kengaytirishni istagan tadbirkorlar va asoschilar uchun maxsus tashkil etilgan.

Unda qatnashish orqali Yevropa bozorida biznesni kengaytirishning isbotlangan strategiyalarini o‘rganish, bozorga kirishdagi to‘siqlarni yengish, reglamentlarni tushunish va Yevropa mijozini tanish bo‘yicha qimmatli ma’lumot hamda startap o‘sish salohiyatini maksimal darajada oshirish uchun amaliy maslahatlar olish mumkin.

Vorkshopda “Build Up Labs” CEOsi, startup mentori, maslahatchi, angel investor Rui Gouveia, “HERE PARTNERS” hammuassisi va boshqaruvchi hamkori Bruno Miguel Pires hamda “AGPC” hammuassisi Catarina Almeida-Garrett spiker sifatida ishtirok etadi.

Vorkshop 15-yanvar kuni soat 17:00dan 18:00gacha onlayn formatda o‘tkaziladi. Unda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

“Build Up Labs” — startaplarni qurish, kengaytirish va raqobatbardosh bozorlarda muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha ko‘plab raqamli mahsulot va xizmat asoschilariga yordam bergan yetakchi startap studiyasi va inkubator hisoblanadi.


Avvalroq “Spot” “IT Park” 2025-yilda Saudiya Arabistonida o‘z vakolatxonasini ochishi haqida yozgandi.

“Monsha'at” tashkiloti O‘zbekiston startaplarining mamlakat bozoriga kirishini qo‘llab-quvvatlaydi.