“Samsung” o‘z qurilmalariga sun’iy intellektni faol joriy etib, One UI qobig‘i imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
“Android Police” nashrining xabar berishicha, One UI 7 versiyasiga yangilanish foydalanuvchilarga telefon qo‘ng‘iroqlariga yondashuvni tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan noyob xususiyatni taqdim etadi.
Endi muhim suhbatlarni eslab qolish yoki qo‘lda yozib olish shart emas — tizimning o‘zi asosiy nuqtalarni ajratib olib, ularni qulay matn shaklida saqlab qo‘yadi.
Funksiya nutqni aniqlash va ma’lumotlarni tahlil qilish algoritmlariga asoslangan. Qo‘ng‘iroq vaqtida nutq transkripsiyasi faollashadi va “Samsung” serverlariga jo‘natiladi.
Sun’iy intellekt matnni qayta ishlab, undan asosiy g‘oyalarni ajratib oladi va qisqa mazmunini yaratadi. Maxfiylik borasida alohida xavotirlanadiganlar uchun ma’lumotlarni mahalliy qayta ishlash imkoniyati mavjud bo‘lib, bunda barcha ma’lumotlar qurilmaning o‘zida saqlanib qoladi.
Hozirgi vaqtda “Samsung” bu funksiyani “Voice Recorder” ilovasiga qo‘shdi. Bu ilova One UI 7 chiqishi bilan yangilanadi.
Dastlabki sinovlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yangi texnologiya nafaqat ish va biznes uchun, balki kundalik hayotda ham foydali bo‘ladi.
Masalan, agar hamkasblar bilan muhim vazifalarni muhokama qilgan yoki uchrashuv haqida kelishib olgan bo‘linsa, yozuvni qayta eshitishga hojat qolmay, suhbatning asosiy mazmuniga tezda qaytish mumkin bo‘ladi.
Avvalroq “Spot” “Samsung” sun’iy intellektga ega muzlatgichlarni taqdim etishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, kompaniya sun’iy intellekt orqali mahsulotlarni yaxshiroq sovutishni rejalashtirmoqda.