E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.


Markaziy bankning 9-yanvar holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 962,98 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 8-yanvar kuni belgilangan 12 948,10 so‘m qiymatga nisbatan 14 so‘m 88 tiyinga qimmatladi.

9-yanvar kuni sotish kursi “KDB Bank Uzbekistan” va “Infinbank"da 13 025 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 13 010 so‘mdan 12 985 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12 930 so‘mdan 12 905 so‘mgacha yetdi.


8-ynavar kuni dollarning rasmiy kursi yana rekord darajani qayd etib, 12 962,98 so‘mni tashkil qildi.

Bundan oldin dollar kursi ikki marta — 7-yanvar kuni 12 948,10 so‘mni, 4-yanvar kuni esa 12 942,01 so‘mni tashkil qilgandi.

Avvalroq “Spot” tahlilchilar bilan 2024-yilda so‘mning qadrsizlanishi sur’atining sekinlashishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi risklar hamda keyingi yilda almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar borasida suhbatlashgandi.