O‘zbekistonning turli shaharlaridan xalqaro yo‘nalishlarda avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Buning uchun vazirlik yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tashuvchilardan takliflar qabul qilmoqda. Qayd etilishicha, yangi yo‘nalishlarni ochishdan maqsad, xalqaro tashuvlarda avtobus qatnovlari ulushini oshirish hamda yo‘lovchi tashishni rivojlantirishga qaratilgan.

Xususan, Qozog‘istonga quyidagi yo‘nalish bo‘yicha tashkil etiladi:

  • Buxoro-Turkiston;
  • Urganch-Aktau;
  • Farg‘ona-Olmaota (Tojikiston orqali).

Tojikistonga quyidagi yo‘nalishlarda avtobus qatnovi qo‘yilishi mumkin:

  • Samarqand-Dushanbe;
  • Buxoro-Dushanbe.

Qirg‘izistonga esa beshta yo‘nalishda qatnovlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

  • Andijon-O‘sh;
  • Andijon-Jalolobod;
  • Andijon-Arslanbob;
  • Kosonsoy-Jalolobod;
  • Buxoro-Bishkek.

Rossiyaga ham quyidagi beshta yo‘nalishda:

Surxondaryo-Buxoro-Urganch-Nukus-Moskva

  • Urganch-Nukus-Ufa;
  • Nukus-Krasnodar;
  • Toshkent-Ufa;
  • Toshkent-Krasnodar.

Xitoyga amalga oshiriladigan yo‘nalish quyidagicha:

  • Nukus-Urganch-Buxoro-Urumchi.

Muntazam xalqaro avtobus tashuvlarini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘layotgan tashuvchilar paritet qatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy tashuvchilar bilan mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha takliflarini Transport vazirligiga jo‘natishlari mumkin.

Murojaatlar info@mintrans.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi. Batafsil ma’lumotlarni +998 71 202 05 00 (535), (116), (110) raqamlari orqali olish mumkin.

Avvalroq avtobus yo‘lagida qoida buzganlar uchun jarima joriy etish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.