O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 940,44 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 22 so‘m 54 tiyinga pasaydi.
8-yanvar kuni dollarning rasmiy kursi yana rekord darajani qayd etib, 12 962,98 so‘mni tashkil qildi.
Bundan oldin dollar kursi ikki marta — 7-yanvar kuni 12 948,10 so‘mni, 4-yanvar kuni esa 12 942,01 so‘mni tashkil qilgandi.
Avvalroq “Spot” tahlilchilar bilan 2024-yilda so‘mning qadrsizlanishi sur’atining sekinlashishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi risklar hamda keyingi yilda almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar borasida suhbatlashgandi.