Ilon Maskning ta’kidlashicha, insoniyat sun’iy intellektni real ma’lumotlarga o‘qitishda o‘z imkoniyatlari chegarasiga yetgan.

“Stagwell” raisi Mark Penn bilan birga o‘tkazgan “X” platformasidagi translyatsiyasida Mask sun’iy intellektni o‘rgatish uchun “inson bilimlarining umumiy hajmi” o‘tgan yili deyarli tugaganligini ta’kidladi.

ilon mask, sun'iy intellekt

Bu fikr “OpenAI” kompaniyasining sobiq bosh ilmiy xodimi Ilya Sutskeverning so‘nggi bayonotlariga hamohang hisoblanadi.

U sun’iy intellekt sohasining hozirgi holatini “ma'lumotlar cho‘qqisi” deb atab, modellarni o‘qitish uchun axborot yetishmasligi ishlab chiquvchilarni yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilishini bashorat qildi.

Mask vaziyatdan chiqish yo‘li sun’iy intellekt modellari tomonidan yaratilgan sintetik ma’lumotlar — axborotni ishlab chiqarishda ekanligini ta’kidlamoqda.

“Haqiqiy dunyo ma’lumotlarini to‘ldirishning yagona yo‘li sun’iy intellekt yaratgan sintetik ma’lumotlardan ta’lim olish uchun foydalanishdir”, — deydi Mask.


Avvalroq Ilon Mask 2025-yil oxirigacha sun’iy intellekt inson qobiliyatlaridan oshib ketishi haqida aytgandi.

Milliarder 2030-yilga kelib sun’iy intellekt barcha insonlarning aqliy qobiliyatlaridan deyarli 100% ustun bo‘ladi deb baholamoqda.