O‘zbekiston Shveysariya hamkorlik va taraqqiyot agentligidan (EDA) aholining raqamli savodxonligini o‘rganish uchun grant oldi. Bu haqda “Spot"ga IT-ta'lim assotsiatsiyasi xabar berdi.
Assotsiatsiya va agentlik o‘rtasidagi grant shartnomasi Shveysariyaning Toshkentdagi elchixonasida imzolandi. U inklyuziv o‘sishni ta’minlash uchun IT-landshaftni rivojlantirish va raqamli ko‘nikmalarni o‘rgatishni nazarda tutadi.
Grant miqdori $149 655 (taxminan 2 mlrd so‘m) ni tashkil etadi. Mablag‘lar o‘zbekistonliklarning raqamli ko‘nikmalari holatini tahlil qilish, talab yuqori bo‘lgan kasblarni aniqlash, shuningdek, ga sarflanadi.
Raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq ko‘nikmalardagi bo‘shliqlar tahlil qilinadi. Ushbu ma’lumotlar asosida moslashtirilgan ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, yosh mutaxassislarning malakasini oshirishni ta’minlash rejalashtirilgan.
Tadqiqotning maqsadli auditoriyasi qishloq aholisi, kam ta’minlangan fuqarolar, yoshlar, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslar hisoblanadi. Ularni raqamli sohada ishga joylashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov agentlikning O‘zbekistondagi vakili Andrin Fink bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar O‘zbekistonda IT-ta'limni rivojlantirish, shuningdek, yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish rejalarini muhokama qildilar.
Avvalroq “Spot” Adliya vazirligi sun’iy intellektga asoslangan o‘zining chat-botini ishga tushirgani haqida yozgandi.
“LexAI” deb nomlangan sun’iy intellektli chat-bot huquqiy savollarga javob berishi va ularni tuzatishi mumkin.