2025-yilning 1-yanvaridan boshlab Toshkent shahrida avtobuslar salonida naqd pul qabul qilish to‘xtatildi.

Endilikda to‘lovlar faqat elektron qabul qilinmoqda hamda naqd pulda to‘lovlarni amalga oshirish uchun bekatlar yonidagi infokiosklar orqali bir martalik QR-chiptalarni olish kerak. Ularni hozirda “Paynet”, “MultiPay” va “Oson” to‘lov qurilmalari orqali xarid qilish mumkin.

Yangi tartib joriy etilgach, ijtimoiy tarmoqlarda QR-chipta olishda xatoliklar kuzatilayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Transport boshqarmasi esa bunday holatda nima qilish mumkinligini tushuntirdi.

“Spot” avtobuslarda yo‘lkirani naqd pulda to‘lashda bir martalik QR-chiptalarni qanday olish kerakligi, agar infokiosklarda qog‘oz chipta chiqmay qolsa, nima qilish mumkinligi to‘g‘risida videoqo‘llanma tayyorladi.



O‘zingizga yaqin infokioskni topish. Birinchi navbatda bekatga yaqin joyda joylashgan “Paynet”, “MultiPay” va “Oson” infokiosklaridan birini topishingiz kerak.

avtobus, jamoat transporti, qo'llanma, qr-chipta, videoqo‘llanma


Kerakli bo‘limni tanlash. Infokiosk ekranida bir nechta xizmat bo‘limlari mavjud bo‘lib, avtobusga bir martalik QR-chiptalarni xarid qilish uchun ular orasidan “Avtobus QR-chiptasi” xizmatini tanlash lozim.

avtobus, jamoat transporti, qo'llanma, qr-chipta, videoqo‘llanma


Ogohlantiruvchi belgi. Xizmat turi tanlagandan so‘ng, ekranda “Diqqat” degan yozuv paydo bo‘lib, unda Toshkent shahridagi avtobus xizmatlaridan bir martalik foydalanish uchun QR-chipta ekanligi hamda infokioskka kiritilgan mablag‘ning qaytimi ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan telefon raqamiga tushirib berilishi haqida ogohlantiriladi. “Ok” tugmasi bosilgandan so‘ng, xizmatning keyingi bosqichiga o‘tish mumkin.

avtobus, jamoat transporti, qo'llanma, qr-chipta, videoqo‘llanma


Telefon raqamini kiritish. QR-chipta uchun qilingan to‘lovdan ortgan pul qaytarib berilishi uchun infokioskka telefon raqam kiritiladi. Shundan so‘ng “Oldinga” tugmasi bosiladi.

avtobus, jamoat transporti, qo'llanma, qr-chipta, videoqo‘llanma


Ma’lumotlarni tekshirish. Ekranda qancha miqdorda pul kiritilayotgani, ro‘yxatdan o‘tkazilgan telefon raqami, chek raqami kabi ma’lumotlar paydo bo‘ladi.

avtobus, jamoat transporti, qo'llanma, qr-chipta, videoqo‘llanma


Mablag‘ kiritish. Bu bosqichda infokioskning “Naqd pul kiriting” deb yozilgan tirqishiga 1000, 5000, 10 000, 50 000 yoki 100 ming so‘mlik kupyuralardan biri kiritiladi. Bunda chipta uchun 3000 so‘m olib qolinib, ortgan pul qoldig‘i avtomatik tarzda kiritilgan telefon raqami hisobiga tashlanadi.

avtobus, jamoat transporti, qo'llanma, qr-chipta, videoqo‘llanma

QR-chiptani olish. To‘lov amalga oshgandan so‘ng elektron chipta chiqarib beriladi. Agar infokiosklarda QR-chipta chiqmay qolsa, uni rasmga olib, avtobusda skanerlash mumkin. Bu jarayonda ekranda ko‘rsatilgan chiptani suratga olishga ulgurmagan bo‘lsangiz, “Shu yerdaman” tugmasini bosish lozim: shunda chipta qayta ekranda paydo bo‘ladi.

avtobus, jamoat transporti, qo'llanma, qr-chipta, videoqo‘llanma


Avtobusda QR-chipta orqali to‘lovni amalga oshirish. Chiptani qog‘oz variantida olgan bo‘lsangiz uni validatorning pastki qismiga 10−15 sm masofada olib kelish lozim. Chipta qabul qilinganidan so‘ng ekranda yashil tasdiqlovchi belgi paydo bo‘ladi.

Agar chiptani telefoningizga rasmga olgan bo‘lsangiz uni ham xuddi qog‘oz QR-chipta singari validatorga yaqinlashtirish lozim, faqat o‘quvchi lazerning yashil chirog‘i aynan QR-kodga tushishiga e’tibor berish lozim.

avtobus, jamoat transporti, qo'llanma, qr-chipta, videoqo‘llanma