Avtobuslar uchun bir martalik QR-chiptalar qanday olinadi? Qo‘llanma

“Spot” avtobuslar uchun bir martalik QR-chiptalar qanday olinishi, infokiosklarda chiptalar chiqmay qolsa nima qilish kerakligi haqidagi videoqo‘llanmani taqdim etadi.

hafta yakuni


“Korzinka” supermarketlari tarmog‘i marketing direktori Malik Karimov tavsiya qilgan 5ta kitob

Malik Karimov samarali boshqaruv va muloqot, yaxshi natijalarga erishish va vaqtni samarali boshqarishga o‘rgatuvchi kitoblar tavsiyasini “Spot” bilan bo‘lishdi.

hafta yakuni


“Zudlik bilan chora ko‘rishimiz kerak” — Sog‘liqni saqlash vaziri elektron sigaretalar aylanmasini cheklash borasida

Asilbek Xudayarov elektron tamaki mahsulotlari iste’moli oddiy sigaret chekishga o‘tish ehtimolini uch baravarga oshirishini qayd etdi.

hafta yakuni


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Bizda sun’iy intellektga o‘rgatadigan hech narsa qolmadi, endi u bizga o‘rgatadi — Ilon Mask
    Maskning ta’kidlashicha, sun’iy intellektni o‘rgatish uchun “inson bilimlarining umumiy hajmi” o‘tgan yili deyarli tugagan.
  2. 1-fevraldan O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi oshiriladi.
    Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chipta narxi 20−25%ga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tez yurar poyezdlariniki 30%ga qimmatlashadi.
  3. Noyabr oyida O‘zbekiston dunyodagi oltinning ikkinchi yirik xaridoriga aylandi.
    Markaziy bank AQShdagi prezidentlik saylovlari fonida narxlarning pasayishidan foydalanib, 9 tonna oltin sotib oldi.
  4. “UzAuto Motors” Cobalt uchun navbatdagi kontraktatsiyani yakunladi.
    Kompaniya 50 mingdan ortiq avtomobil uchun shartnoma ajratdi. Shundan 80%dan ortig‘i Midnight versiyasiga to‘g‘ri keladi.
  5. Toshkent viloyatida issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshiriladi.
    Yangi tariflar aholi va biznes uchun amal qilib, u 1-fevraldan kuchga kiradi.
  6. Endi ekofaol oilalarga iste’mol kreditini olishda chegirmalar berilishi mumkin.
    Bundan tashqari, “yashil oila” maqomini olgan oilalarga har yili lotereya orqali elektromobil olish imkonini yaratish taklif etilmoqda.
  7. Yil yakunigacha O‘zbekistonda AI-80 benzinini sotish cheklanishi mumkin.
    Oldinroq bu 2028-yilga qoldirilgandi. Davlat dasturi loyihasi bilan esa “Yevro-4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isidan foydalanish va sotishni 2025-yil oxirigacha cheklash taklif etilmoqda.
  8. 1-iyuldan pasport va ID-karta kabi 17 turdagi hujjatlarning elektron shakli rasman tan olinadi.
    Banklar, notarial idoralar, ichki avia hamda temir yo‘l qatnovlarida ularning qog‘oz nusxalari talab etilmaydi.
  9. Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” dam olish maskani kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tkazildi.
    Maydoni 5,38 gektar hududni egallagan mazkur dam olish maskani 2021−2022 yillarda bir necha bor sotuvga qo‘yilgandi.
  10. Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlaridan ko‘rilgan iqtisodiy zarar $135−150 mlrdga baholanmoqda.
    7-yanvar kuni Los-Anjelesda boshlangan yong‘inlar AQSh tarixidagi eng katta moliyaviy zararni keltirgan tabiiy ofat bo‘ldi.