ANORBANK O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi 30-son va 22-son Mehribonlik uylari, Sirdaryo viloyatidagi Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi hamda “SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tarbiyalanuvchilari uchun bayramona shou dasturni tashkil etdi. Tadbir Zo‘r TV telekanalining mashhur Renessanse Hall studiyasida o‘tkazilib, uning har bir qismida bayramona muhit va mo‘jizalarga ishonch kayfiyati hukm surdi. Studiya yorqin chiroqlar, yangi yil bezaklari va, albatta, katta bayram archasi bilan bezatildi.
Dasturning asosiy qismida “Sehrli sandiqcha” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu qiziqarli sahna asari 800 nafar yosh tomoshabinni sarguzashtlar va mo‘jizalar olamiga olib kirdi va ularda katta zavq uyg‘otib, yorqin taassurotlar qoldirdi. Isteʼdodli ijrochilar bolalarga ezgulik va mo‘jizalar doimo g‘alaba qozonadigan haqiqiy ertak taqdim etishdi.
Spektakldan tashqari, ANORBANK bolajonlarni yana ko‘plab ajoyib dasturlar bilan xursand qildi. Qiziqarli lazer shousi, shuningdek, sevimli ijrochilar va ertak qahramonlari ishtirokidagi konsert dasturi jajji mehmonlarning kayfiyatini yana-da chog‘ qildi. Qorbobo bilan uchrashuv esa, bolalar uchun eng esda qolarli lahzalardan biri bo‘ldi. Qorbobo kichkintoylarni Yangi yil bilan tabriklab, ularning har biriga uzoq kutilgan sovg‘alarni topshirdi. Bolajonlarning yorqin tabassumi va quvonchdan chaqnagan ko‘zlari bayram ajoyib tarzda o‘tganining so‘zsiz isboti bo‘ldi.
“Ushbu anʼanamizni davom ettirish, bolajonlarda mo‘jiza va ertaklarga ishonch uyg‘otish biz uchun juda muhim. Umid qilamizki, bunday tadbirlar bolalarga o‘zlarini sevimli va baxtli his qilishlariga yordam beradi. Bayramlar odamlarni birlashtirib, jamiyatga mehr-oqibat, muruvvat, bolalarga hurmat va muhabbat kabi muhim qadriyatlarni eslatayotganiga guvoh bo‘lish ayniqsa qadrli. Maqsadimiz yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash va ilhomlantirishdir va biz buni korporativ ijtimoiy masʼuliyatimizning bir qismiga aylantira olganimizdan faxrlanamiz”, — deya fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ANORBANK PR-menejeri Firuza Gafurova.
ANORBANK o‘zining to‘rt yilligi munosabati bilan ham Toshkent shahridagi 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun xayriya tadbirini tashkil etgan edi.
ANORBANK bilan bog‘lik so‘nggi yangiliklar, shuningdek bankning foydali mahsulot va xizmatlari haqidagi batafsil maʼlumotlar uning rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida taqdim etilgan.
Telefon: 1290
Sayt: anorbank.uz
Facebook: fb.com/anorbank
Instagram: @anorbank
Telegram: t.me/anorbank
Reklama huquqlari asosida.