Namangan va Andijon viloyatlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentning Chust tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda “Ch.Sh.” MCHJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib olgani aniqlangan.
Buning natijasida esa jami 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Shu kabi, Departamentning Andijon shahri bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tergovga qadar o‘tkazilgan.
Tekshiruvda aniqlanishicha, “B.b.” NTM mas’ul shaxslari va boshqalar ushbu ta’lim muassasasi binosini elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida shartnomasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib olgan.
Buning natijasida jami 892,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq “Spot” Qashqadaryoda qariyb 695 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, fuqarolar tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan.