Davlat soliq qo‘mitasi 2024-yilda eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalarni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yanvar-dekabr oylarida 949 ta yirik soliq to‘lovchilar 123,3 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan.
Shundan 70,2 trln so‘mi davlat ulushi mavjud Top-10ta yirik soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘i keladi.
Shundan eng ko‘p soliq to‘lovlarini amalga oshirgan “Navoiy kon metallurgiya kombinati” bo‘ldi. Kompaniya tomonidan o‘tgan oyda 35,4 trln so‘m soliq to‘lovlari amalga oshirilgan.
Undan keyingi o‘rinlarda 10,7 trln so‘m bilan “Olmaliq KMK” hamda 4,6 trln so‘m bilan “Navoiyuran” turibdi.
Shuningdek, o‘tgan yili Top-10ta xususiy sektor korxonalari tomonidan 8,6 trln so‘m soliq to‘lovlari amalga oshirilgan.
Mazkur reytingda “UzBAT” 2,9 trln so‘m soliq tushumlarini amalga oshirgan holda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.
“ADM Jizzakh” korxonasi 336 mlrd so‘m soliq to‘lovlari bilan xususiy sektordagi eng yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatida oxirgi o‘rinda turibdi.