Uzum Bank ilovasida telefon raqami orqali tezkor pul o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi. Buning uchun kontaktni ro‘yxatdan tanlash yoki raqamni qo‘lda kiritish hamda pulni kerakli bank kartasiga o‘tkazish mumkin. Servis Uzum kartasi va boshqa bank kartalaridan pul o‘tkazmalari uchun ishlaydi.
Yangi vosita shaxsiy mablag‘larni boshqarish jarayonini yengillashtiradi: endi oila a’zolari yoki do‘stlarga pul o‘tkazish uchun karta rekvizitlarini to‘ldirish shart emas. Shunchaki telefon raqamini kiritishning o‘zi kifoya — ilovada pul o‘tkazish uchun telefon raqamiga ulangan kartalar aks etadi. Bu barcha bosqichlarda karta ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlashga va rekvizitlarni to‘ldirishda xatoliklarning oldini olishga yordam beradi.
Uzum Bank foydalanuvchilari hozir telefon raqami orqali mamlakat ichida pul o‘tkazishlari mumkin. Kelajakda chet elda yashayotgan do‘stlar va qarindoshlarga ham pul yuborish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Reklama huquqlari asosida.