“WhatsApp"ning Android uchun so‘nggi beta-versiyasida mashhur messenjer imkoniyatlarini diversifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan ikkita qiziqarli yangilik paydo bo‘ldi. Bu haqda “4PDA” nashri xabar berdi.

Beta-versiyasidagi birinchi yangi xususiyat so‘rovnomalarga rasmlarni biriktirish imkoniyati bo‘ldi. Bu ovoz berishni yanada vizual qiladi, foydalanuvchilarga har bir variantni vizual tarzda taqdim etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu funksiya dastlab kanallar bilan cheklanadi, ammo vaqt o‘tishi bilan “WhatsApp” uni guruh chatlari va shaxsiy suhbatlarga ham tatbiq qilishi mumkin.

Taqdim qilinadigan ikkinchi yangilik guruh chatlariga o‘xshash individual chatlarda voqealar yaratish imkoniyati bo‘ladi.

Qay etilishicha, foydalanuvchi tadbir nomi, sanasi va qo‘shimcha tavsifi: joylashuvi, audio yoki video qo‘ng‘iroqlarga havolalar va hokazolarni belgilashi mumkin.

Qabul qiluvchi o‘z ishtirokini tasdiqlash yoki rad etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hozirda yangi funksiyalar messenjerning barqaror versiyasida qachon paydo bo‘lishi hozircha noma’lum.


Avvalroq “Spot” “WhatsApp"da hujjatlarni skanerlash funksiyasi paydo bo‘lishi haqida yozgandi.

Skanerlash smartfon kamerasi yordamida amalga oshiriladi. Keyin hujjatlarni darhol chat yoki guruhga yuborish mumkin.