“Apple” kompaniyasi iPhone ixtiro qilinganidan beri deyarli 20 yil o‘tgan bo‘lsa-da, yangi innovatsion ishlanmalarni taqdim etishga muvaffaq bo‘lmadi. Bu haqda “Meta” rahbari Mark Sukerberg “CNBC"ga ma’lum qildi.

“Ular so‘nggi vaqtlarda haqiqatan ham buyuk hech narsa ixtiro qilishmadi. Stiv Jobs iPhone’ni ixtiro qilgan edi, endi esa ular 20 yildan buyon shunchaki ,” — deya ta’kidladi tadbirkor.

Shuningdek, u “Apple"ni iPhone’ning yangi modellari oldingi versiyalarga nisbatan jiddiy takomillashtirilmaganligini, bu esa sotuvlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini tanqid qildi.

Biroq, Sukerbergning ta’kidlashicha, kompaniya ishlab chiquvchilar uchun 30%lik soliq undirish, odamlarni iPhone aksessuarlarini sotib olishga majburlash va boshqa “ixtiyoriy qoidalar” orqali daromad olishni davom ettirmoqda.


Avvalroq “Spot” “Apple” iPhonedagi suratlarni foydalanuvchilarni ogohlantirmasdan skanerlay boshlagani haqida yozgandi.

“Takomillashtirilgan vizual qidiruv” funksiyasi sun’iy intellekt yordamida fotosuratlarni tahlil qiladi, diqqatga sazovor joylarni aniqlaydi va shifrlangan ma’lumotlarni bazada qidirish uchun “Apple” serverlariga uzatadi.