E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.


Markaziy bankning 14-yanvar holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 972,08 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 10-yanvar kuni belgilangan 12 957 so‘m qiymatga nisbatan 15 so‘m 8 tiyinga qimmatladi.

14-yanvar kuni sotish kursi “KDB Bank Uzbekistan” va “Infinbank"da 13 035 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 13 030 so‘mdan 12 995 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12 935 so‘mdan 12 910 so‘mgacha yetdi.


13-yanvar kuni dollarning rasmiy kursi yana rekord darajani qayd etib, 12 972,08 so‘mni tashkil qilgandi.

Bundan oldin dollar kursi uch marta — 8-yanvar kuni 12 962,98 so‘mni, 7-yanvar kuni 12 948,10 so‘mni, 4-yanvar kuni esa 12 942,01 so‘mni tashkil qilgandi.

Avvalroq “Spot” tahlilchilar bilan 2024-yilda so‘mning qadrsizlanishi sur’atining sekinlashishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi risklar hamda keyingi yilda almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar borasida suhbatlashgandi.

“Kap Depo"ning investitsion bankiri Muzaffar Roziqovning fikricha, 2024-yilda o‘zbek so‘mining 5%dan kam devalvatsiyasi avvalgi yillar fonida sezilarli o‘zgarish bo‘lib, unga nisbatan ijobiy o‘zgarish kuzatilmoqda.

“Avesta Investment Group” katta tahlilchisi Shodlik Nazarov eksport faolligining yuqori darajasi, Markaziy bank siyosati hamda import o‘sishi sur’atlarining sekinlashishi dollar kursini qo‘llab-quvvatlaganini qayd etdi.

Roziqov 2025-yilda AQSh dollarining kursi 13 340 so‘mdan oshishini, Nazarov esa kurs 14 ming so‘mdan pastda qolishi mumkinligini prognoz qilmoqda.