Banklarni tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qaror Qozog‘iston moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi tomonidan qabul qilindi.
Hujjat bilan banklarga pul yuvish, kazino foydasiga to‘lovlar, raqamli aktivlarning noqonuniy aylanishi va giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq shubhali operatsiyalarni aniqlashni avtomatlashtirish bo‘yicha talablar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, u Qozog‘iston norezidentlari uchun to‘lov kartalarining amal qilish muddati bo‘yicha cheklovlarni o‘rnatadi — 12 oy, shuningdek, “bitta mijoz uchun kartalar sonini qisqartirish"ni nazarda tutadi.
2025-yil yanvar oyi boshida Qozog‘iston moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi pul yuvish uchun foydalanilgan kartalarning 90%dan ortig‘i norezidentlarga tegishli ekanligini ma’lum qildi.
Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, mamlakatda bir yilda kamida 183 kun qonuniy yashovchi jismoniy shaxslar rezident hisoblanadi.
Shuningdek, “hayotiy manfaatlari markazi” Qozog‘istonda joylashgan shaxslar, mamlakatda bo‘lish muddatidan qat’i nazar, rezident sifatida e’tirof etiladi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekiston Markaziy banki bitta fuqaroga ajratiladigan kartalar sonini 20tagacha cheklagan haqida yozgandi.
Mazkur tartib 2025-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha amal qiladi.