Xitoy rasmiylari Amerikaning “TikTok” biznesini Ilon Maskga sotishni nazarda tutuvchi ssenariyni ko‘rib chiqishni boshladilar, deya xabar berdi “Bloomberg” nashri.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning “ByteDance” kompaniyasidan “TikTok"ning AQShda faoliyatini 2025-yil 19-yanvargacha to‘xtatishni talab qiladigan qonun bo‘yicha AQSh Oliy sudida bahslashish afzal strategiya bo‘lib qolmoqda. Biroq, agar taqiq bekor qilinmasa, Xitoy rasmiylari boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.
Ulardan biri “TikTok"ning Amerika bo‘limiga nazorat Mask egalik qiladigan “X” ijtimoiy tarmog‘iga o‘tishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Qayd etilishicha, “Bloomberg” Amerikaning “TikTok” bo‘linmasi qiymatini $40−50 mlrdga baholamoqda.
Agentlikning ta’kidlashicha, hozircha muhokamalar dastlabki bosqichda olib borilmoqda.
Biroq “ByteDance” kompaniyasi “Bloomberg” axborotini “uydirma” deb atadi va izoh berishdan bosh tortdi.
2024-yil 14-dekabr kuni AQSh Vakillar palatasi qo‘mitasi a’zolari “Google” va “Apple” kompaniyalari bosh direktorlariga 19-yanvar kuni AQShdagi o‘z ilovalar do‘konlaridan “TikTok"ni olib tashlashga tayyor turishlari zarurligini ma’lum qilishdi.
Undan bir hafta oldin esa AQSh apellyatsiya sudi mamlakatda “TikTok"ni sotishni talab qiluvchi qonunni qo‘llab-quvvatlagandi.
Qayd etilishicha, qonun Xitoyning “ByteDance” kompaniyasidan mamlakatda xizmatni sotishni talab qiladi. Agar kompaniya bitimga kirishni istamasa, xizmat bloklanadi.
Respublikachi vakil va qo‘mita raisi Jon Mulenaar hamda qo‘mitaning yetakchi demokrati, vakil Raja Krishnamurti, 170 mln amerikalik foydalanayotgan ilovani sotishni “TikTok” bosh direktori Shou Szi Chudan talab qilishdi.
Adliya vazirligi chorshanba kuni agar taqiq 19-yanvarda kuchga kirsa, uni allaqachon yuklab olgan “Apple” yoki “Google” foydalanuvchilari tomonidan “TikTok"dan keyingi foydalanishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlamasligini aytdi. Biroq, qo‘llab-quvvatlashni taqiqlash oxir-oqibat ilovani ishlamaslikka olib keladi.
“ByteDance” kompaniyasi sud qarorisiz qabul qilingan qonun 19-yanvarda “TikTok"ni mobil ilovalar do‘konlaridan yo‘qolishiga olib kelishini ma’lum qildi.
Bu esa, mamlakatning hali ilovadan foydalanmayotgan yarmi uchun uni kirish imkoniyatini yo‘qotadi. “TikTok” ogohlantirganidek, qo‘llab-quvvatlashning to‘xtatilishi platformaning AQShdagi faoliyatini izdan chiqaradi va uni butunlay foydalanishga yaroqsiz holga keltiradi.
TikTokning bloklanishi
AQSh prezidenti Jo Bayden 24-aprel kuni “TikTok"ni blokirovka qilishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.
Tegishli qonun loyihasi 13-mart kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan. Kongressmenlarning fikricha, xitoylik kompaniya tomonidan amerikalik foydalanuvchi ma’lumotlarining to‘planishi milliy xavfsizlikka tahdid soladi.
“Ushbu qonun 2025-yil 19-yanvargacha “TikTok"ni cheklab, platformadan muloqot qilish uchun foydalanadigan 170 mln amerikalikning ovozini o‘chiradi”, deydi “ByteDance” vakillari.
“TikTok” kompaniya amerikalik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini baham ko‘rganini yoki bo‘lishishni rad etadi va AQSh qonun chiqaruvchilarini “spekulyativ” xavotirlarni ko‘tarishda ayblaydi, deya ta’kidlaydi “Reuters”.
Avvalroq Qirg‘izistondagi internet-provayderlar “TikTok"ga kirishni cheklay boshlagani haqida xabar berilgandi.
Bunga mamlakatda bolalar salomatligi, ularning intellektual, aqliy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazilishining oldini olish bo‘yicha qonunga rioya yetmagani asos bo‘lgan.
Keyinchalik Qozog‘iston ham “TikTok"ni blokirovka qilish imkoniyatlarini o‘rganayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mamlakat madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva platforma orqali firibgarlik, yolg‘on ma’lumot tarqatish va bezorilik holatlari ko‘payganini qayd etdi.