15-yanvar kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Bektemir tumani — “Nurafshon”, “Sohil”, “Musaffo” hamda “Nurliyo‘l” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Olmazor tumani — Achaobod", “Guruchariq”, “Xonchorbog‘”, “Yuqori Sebzor”, “Qorasaroy”, “Gulzor”, “Ahil”, “Yangi Toshkent” hamda “Chuqursoy” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
2024-yilning iyun oyida o‘tkazilgan davlat rahbari avariyaviy o‘chirishlarni to‘xtatish uchun yil oxirigacha muammolarni bartaraf etishni topshirdi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 14 trln so‘m ajratilishi, 30 ming km tarmoq, 10 mingta transformator yaxshilanishi belgilangandi.
Noyabr oyida prezident bu mavsumda elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berishni avvalgi yillarga nisbatan yaxshilash vazifasini berdi. Bu bo‘yicha kompaniyalar tayyorligini, avariyaviy brigadalar, berilgan zaxiralarni, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari hamda maxsus texnikalarning tayyor holatda ekanligi qayd etildi.