“ChatGPT” chat-botini yaratgan “OpenAI” kompaniyasi rahbari Sem Altman yaqin kelajakda sun’iy superintellekt paydo bo‘lishini bashorat qildi. Bu haqda “TechRadar” nashri xabar berdi.

“OpenAI” yutuqlari haqida so‘zlar ekan, Altman 2025-yilni sun’iy intellekt (SI) yoki sun’iy superintellektning birinchi agentlari paydo bo‘ladigan yil sifatida tilga oldi. Uning aytishicha, superintellekt “biz tasavvur qilgan va tushungan” shaklda samarali va qobiliyatli bo‘ladi.

Altman ta’kidlashicha, u va uning hamkasblari sun’iy intellektning birinchi agentlarini qanday yaratishni bilishadi. Tadbirkorning fikricha, sun’iy intellekt agentlari biznes va davlat korxonalariga sezilarli foyda keltirishi mumkin.

“Biz haqiqiy ma’noda superaqlning yaratishga yaqinlashmoqdamiz,” dedi Sem Altman. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, u bilan “istalgan narsani” qilish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, u insoniyat farovonlik va gullab-yashnashga yanada yaqinlashishini ta’kidlab o‘tdi.

Sem Altman odamlar sun’iy intellekt tufayli o‘z ishlarini yo‘qotishini va barcha oqibatlar hammaga ham yoqmasa ham lekin bu albatta sodir bo‘lishini qayd etdi.

“TechRadar” jurnalistlarining aytishicha, sun’iy intellekt agentlarining paydo bo‘lishi, sun’iy intellekt ularning ish o‘rinlarini tortib olishidan xavotirlanadigan odamlarni tashvishga solishi mumkin.

Shuningdek, ular “OpenAI” kompaniyasining kuch-g‘ayrati o‘zlarining asosiy mahsuloti bo‘lgan “ChatGPT” suhbat-botini rivojlantirish o‘rniga, sun’iy superintellekt yaratishga yo‘naltirilishini taxmin qilmoqdalar.


Avvalroq “Spot” Ilon Mask “OpenAI” va uning bosh direktori Sem Altmanni sudga bergani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, notijorat loyiha Microsoft’ning sho‘ba korxonasiga aylandi. Mask kompaniya va Altmanni kelishuvlarni buzganlikda ayblagan.