“Nokia” kompaniyasi o‘z brendi ostida telefonlar ishlab chiqarishni rasman yakunladi. Bu haqda “TechNet Books” nashri xabar berdi.
Bu qadam 2017-yildan beri “Nokia” brendi ostida telefonlar ishlab chiqarish huquqiga ega bo‘lgan “HMD Global” kompaniyasining veb-saytidan barcha “Nokia” smartfonlari va planshetlarini olib tashlash orqali tasdiqlandi.
“HMD Global” “Nokia"ni smartfonlar bozoriga qaytarishga harakat qilganiga qaramay, kompaniya “Apple” va “Samsung” kabi texnologiya yetakchilari bilan raqobatlasha olmadi.
So‘nggi bir necha yil ichida “Nokia” smartfonlari davrining tugashidan darak beruvchi muhim yangiliklar yoki yangi modellarning sezilarli e’lonlari yo‘q edi.
Qayd etilishicha, smartfonlardan voz kechish “Nokia"ning texnologiya sohasidan butunlay chiqib ketishini anglatmaydi.
Kompaniya yangi loyihalar, jumladan, kosmosga mobil aloqa tarmog‘ini o‘rnatish ustida ishlashni davom ettirmoqda. Smartfonlar endi ishlab chiqarilmasa-da, “Nokia"ning tugmali telefonlari sotuvda qolaveradi.
Avvalroq “Spot” “Nokia 3210” telefoni joriy yilda qayta chiqarilishi mumkinligi haqida yozgandi
Qayd etilishicha, yangilangan model “Bluetooth” va 4G‘ni qo‘llab-quvvatlash bilan chiqariladi.