2025-yil 1-yanvar holatiga — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4,4 mln nafardan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 76,5% ga (1,9 mln nafarga) oshgan.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy sonining 58%ini erkaklar, 42%ini ayollar tashkil qiladi.
O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar:
- maishiy xizmatlar — 104,3% (976 mingta);
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 94,6% (203,1 mingta);
- axborot-kommunikatsiya — 87% (55,7 mingta).
Hududlar kesimida eng ko‘p Samarqand viloyatida (508,1 ming) fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Toshkent (447,2 ming) va Toshkent viloyatlari (442,5 ming) turibdi.
2024-yilda 450,5 ming fuqaro yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan.
Avvalroq “Spot” o‘zini o‘zi band qilganlarga doimiy ravishda taksichilik qilishga ruxsat berilishi haqida yozgandi.
Prezident O‘zbekistondan boshqa davlatlarga yuk mashinalari kirishi uchun to‘lovlarni kamaytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi.